So’nggi yangiliklar

11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  0 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11

Otabek Narzullaev: "Menga yoqqan tomoni - futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Menga yoqqan tomoni - futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin qiyin kechishini bilardik. "Paxtakor" yaxshi va kuchli jamoa, ularga qarshi o'yinlar oson bo'lmaydi. Biz ham astoydil harakat qildik, ammo omad kelmadi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Kamchiliklarimiz bor va buning ustida ishlaymiz. Menga yoqqan tomoni - jamoamiz oxirigacha kurashdi. Shunday kurashishda davom etsak, natija albatta keladi.


- Jamoangiz ancha yosharibdi. U-21 jamoasidan besh nafar futbolchi "Mashal"ning asosiy tarkibiga o'tganini eshitdik. Shu haqda nima deya olasiz?

- "Mashal" doim yoshlarga etibor qaratib kelgan. Qolaversa, Muborakdagi akademiyamiz ham shu maqsadda ishlayapti. Baribir qachondir yoshlar ham o'ynashi kerak-ku. Ikkinchi davrada ko'proq yoshlar xizmatidan foydalanishga harakat qilamiz. Akademiya ishlab tursa futbolchilar etishib chiqaveradi. Qachonki biz ularga ishonch bildirsak, ular ham shunga monand o'sib boradi.



- Bugungi o'yinda zaxira almashtirishlar qanchalik o'zini oqladi?

- Endi jamoa mag'lub bo'lganida hammasi zo'r bo'ldi deya olmaysan. O'tkazib yuborilgan golda ham hamma aybdor bo'ladi. Aytganimdek, "Paxtakor"ga qarshi qiyin bo'lishini bilardik. Zaxiradan tushganlar esa o'zini ko'rsata oldi.

- Jamoa sizga to'liq moslashdimi?

- Men "Mashal" uchun yangi odam emasman. Ko'p futbolchilar bilan oldin ham birga ishlaganmiz. 2019 yil Muborakka kelgan bo'lsam, bu orada yoshlar jamoasida ishladim, asosiy jamoada bosh murabbiy yordamchisi bo'ldim. Rahbariyat menga ishonib bosh murabbiylikni topshirgan ekan, men ham bu ishonchni oqlashga harakat qilaman.



Reyting: -1   

Fikrlar

   
02 avg 10:18:45
Sanjar Fayziev
Машал яхши ўйин кўрсатди.Омад етишмади, Кейинги ўйинларда омад Отабек Нарзулаев
   
02 avg 08:56:13
Шухрат Эргашев
Машъал кеча Пахтакор билан ёмон уйнамади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика