Flamarion dubl qayd etganiga qaramay, tanaffusda zaxiraga olinganiga munosabat bildirdi
27 avg 14:25
Yangiliklar
Flamarion dubl qayd etganiga qaramay, tanaffusda zaxiraga olinganiga munosabat bildirdi
O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Mashal" o'rtasidagi o'yindan so'ng (3:1) mezbonlar hujumchisi Flamarion o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– O'yin haqida fikringiz...
– Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishimiz muhim edi. Bugungi maqsadimiz aynan shu edi. Endi bir necha kun dam olib, keyin mashg'ulotlarga qaytishimiz va Superligaga diqqatimizni qaratishimiz lozim.
– Ikkita gol urganingizga qaramay, faqat bir taym o'ynaganingizdan xafa bo'lmadingizmi?
– Yo'q, bu normal holat. O'yin allaqachon 3:0 hisobida edi. Ozgina noqulaylik his qilayotgandim, shuning uchun murabbiy meni almashtirishni maqul ko'rdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar