So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Superliga. "Dinamo" - "Andijon" o'yini 15 noyabr kuni o'tkaziladi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" - "Andijon" o'yini 15 noyabr kuni o'tkaziladi

Teglar :  SuperligaDinamo
Superliga 21-tur bellashuvlari sanasi iyul oyida elon qilingan bo'lib, bunda "Nasaf" va "Andijon" klublarining xalqaro maydonda ishtirok etishi inobatga olingandi.

 25 avgust kuni esa "Dinamo" mazkur turdan o'rin olgan va 11 sentyabrga belgilangan "Andijon"ga qarshi bellashuvni boshqa sanaga ko'chirishni so'rab murojaat qildi. "Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.9-bandiga ko'ra, olimpiya terma jamoasiga uch va undan ko'p futbolchisini taqdim etayotgan klub uchrashuv sanasini boshqa kunga ko'chirishni so'rab murojaat qilishga haqli. O'FA rasmiy sahifalari 25 avgust kuni Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan olimpiyachilarning Osiyo kubogi saralashida ishtirok etishi ko'zda tutilgan tarkibini elon qildi. Undan esa "Dinamo" klubining 4 futbolchisi: Edem Nemanov, Jahongir O'rozov, Mahmudjon Mahamadjonov va Oybek O'rmonjonov joy olgan. Biroq reglamentning 15.8-bandida klubda o'yin sanasini o'zgartirish zarurati vujudga kelsa, u rasmiy uchrashuv sanasi startiga 20 kun qolguniga qadar Ligaga murojaat qilishi lozimligi ko'rsatilgan. "Dinamo" O'FA olimpiyachilarning yakuniy tarkibini rasman elon qilishi hamonoq Ligaga xat yo'lladi. Shundan kelib chiqib, Liga "Dinamo"dagi vaziyatni to'g'ri tushundi. 

Ammo 17 sentyabr kuni safarda Arkadag' bilan o'yin o'tkazishi aniq bo'lgan "Andijon" klubi ham o'z rejalarini allaqachon ishlab chiqqan bo'lib, klub Samarqanddagi o'yin va u bilan bog'liq tashkiliy masalalarni ham to'liq hal qilib qo'ygandi. Shundan kelib chiqib, andijonliklar "Dinamo" taklifiga ko'ra Superliga o'yinini bir kun keyinga ko'chirishga rozi bo'lmadi. "Andijon"ning xalqaro maydon va Superligadagi ishtirokidan bo'sh turgan faqatgina ikki oraliq haftaligi mavjud. Biroq uning birinchisida "Dinamo" mamlakat kubogi doirasidagi o'yinda ishtirok etadi. Ikkinchisiga esa O'zbekiston kubogining final uchrashuvi belgilangan bo'lib, "Dinamo" 29 oktyabr kuni uning doirasida maydonga tushishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Liga klublarga ikki taklif berdi: uchrashuvni avvaldan belgilangani kabi 11 sentyabr kuni o'tkazish yoki terma jamoalarga klublarning futbolchilari ehtimoliy jalb etilishidan qatiy nazar, bellashuvni FIFA kunlaridan birida o'tkazish. "Dinamo" oktyabr oyidagi FIFA kunlari uchun o'z rejalarini ishlab chiqqan. Shundan kelib chiqib, har ikki klub noyabr oyidagi FIFA kunlarida maydonga tushish bo'yicha kelishuvga erishdi. Endilikda Superliga 21-turidan o'rin olgan "Dinamo" — "Andijon" o'yini 15 noyabr kuni o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика