So’nggi yangiliklar

16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  33 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  33

Mirjalol Qosimov: "G'alaba qozonganimizda chempionlik uchun imkoniyatimiz saqlanib qolardi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "G'alaba qozonganimizda chempionlik uchun imkoniyatimiz saqlanib qolardi"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi, afsus mag'lub bo'ldik. Biz uchun juda muhim edi, shunga mos tayyorgarlik ko'rgandik. G'alaba qozonsak chempionlik uchun imkoniyatimiz saqlanib qolardi.

Uchrashuvni yomon boshlaganimiz yo'q, birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda Boake o'z vaziyatidan foydalanganda, balki natija boshqacha bo'lardi. "Paxtakor" vaziyatlardan unumli foydalanadi. Bu kabi jamoalar xatolarni kechirmaydi, bugun shu fikr o'z tasdig'ini topdi. Mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Endi qisqa muddatli tatilga chiqamiz.

- AGMK salkam 10 ta o'yindan buyon "Paxtakor"ni mag'lub eta olmayapti. Bu natijalar Qosimovning "kursisi qimirlashi"ga olib kelmaydimi?

- Endi sizlar olov yoqishga ustasizlar. Nasib qilgani bo'ladi. Ertaga nima bo'lishini xudo biladi.

- AGMK chempionlik uchun kurashdan chiqdi deb hisoblasa bo'ladimi?

- Hozir aytdim, shu o'yin juda muhim edi. Albatta , hozir ochko olish oson bo'lmayapti. Xulosa chiqarib ishlashda davom etamiz.

- CHempionatda kurashdan chiqqan AGMK bor etiborini kubok o'yinlariga qaratgani yaxshi emasmi?

- Yo'q, men buni yoqtirmayman. Har qanday musobaqada faqat yuqori o'rin va yuqori natija uchun kurashamiz. Afsus, bugun boshqa natija kutgandik.

Bu futbol, gol urmasang juda qiyin. Yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi.

- Oxirgi 10 daqiqalikda AGMK o'yinni tashlab yubordi. CHeranning o'zida gol urish uchun 3 ta vaziyat yuzaga keldi...

- Yo'q, nimaga? Ukam, o'zi futbol o'ynaganmisan?

- O'ynaganman.

- Jamoamiz gol urish uchun oldinga chiqishdi. Bunda himoya zaiflashadi. Agar birinchi bo'limda biz gol urganimizda vaziyat boshqacha bo'lardi. 0:2 mi, yoki boshqa hisobdagi mag'lubiyatmi, bir xil. Yigitlar gol urish uchun oldinga chiqishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика