So’nggi yangiliklar

00:44Европа лигаси. Шомуродовнинг голи ҳисобланмаган, ассист қайд этган ўйинда "Рома" иродали ғалаба қайд этди ва кейинги босқичга чиқди  44 00:22"Челси" футболчиси камида бир ойга сафдан чиқди  0 00:04Европа лигаси. "Андерлехт" - "Фенербахче" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:45"Манчестер Сити" собиқ футболчиси: "Эркаклар болаларни мағлуб қилди"  23 23:13"Андижон" назорат ўйинида Чехия жамоасига йирик ҳисобда ютқазди  3 22:47Капелло А Серия жамоаларининг ЕЧЛдан чиқиб кетгани сабабини айтди  1 22:26"Бавария" 125 йиллигига бағишланган либосини тақдим қилди  1 21:39"Интер" посбони бармоғини синдириб олди  1 21:15Камрон Саидазимов – "Шўртан" футболчиси!  0 20:59Назорат ўйини. "Қизилқум" Грузия жамоасини мағлуб қилди  0 20:45"Хоразм" назорат ўйинида Россия жамоасига ютқазди  2 20:29"Локомотив" назорат ўйинида "Шериф"га мағлуб бўлди  1 20:15Лига U-21 чемпионати учрашувларининг тўлиқ тартибда ўтказиш масъулиятини ўз зиммасига олмайди  0 20:01"Насаф" Туркияда Молдова клубига мағлуб бўлди  3 19:39"Динамо" Самарқанд Қозоғистон чемпионати гранди билан баҳсда дуранг қайд этди  1

Ronalduning maqtoviga sazovor bo'lgan, urush tufayli jamoasini o'zgartirgan va "Paxtakor"ni OCHLning keyingi bosqichiga olib chiqqan Brayan Riaskos bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Ronalduning maqtoviga sazovor bo'lgan, urush tufayli jamoasini o'zgartirgan va "Paxtakor"ni OCHLning keyingi bosqichiga olib chiqqan Brayan Riaskos bilan yaqindan tanishamiz

Kolumbiyalik hujumchi bir muddat himoya poziciyasida o'ynagan.

Brayan Riaskos 1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Braziliyaning "Koriantians" yoshlar akademiyasida boshlagan. Brayanning ushbu mamlakatga yo'l olishida Freddi Rinkon ("Napoli" va "Real Madrid" sobiq futbolchisi)ning hissasi katta bo'lgan. "Korintians"da esa Riaskos "Al Hilol" hujumchisi Malkom bilan do'st bo'lgan.

Futbolga kirib kelishim oson bo'lmagan. 8 yoshimdan to'p tepa boshlaganman. 12 yoshda uydan chiqib ketib Gvatemalaga bordim, keyin ortga qaytdim. Oilamda hamma, hatto onam ham futbolni yoqtiradi. Otam-onam men uchun o'zlarini qurbon qilishardi, yani odatdagidan-da ko'proq ishlashiga to'g'ri keldi. 13 yoshimda ularni qo'shimcha yuk bo'lmaslik uchun pul topish yo'lini qidira boshladim.

Braziliyaga borgach, sekin-asta portugal tilida gapirishni o'rgandim. Bu tilda birinchi o'rgangan so'zlarim so'kinish bo'lsa kerak. Endi kelgan paytlarim bolalar notanish tilda menga nisbatan shunday mazmundagi so'zlar aytishardi, buning manosini unchalik tushunmasdim. Hozir esa boshqalar bilan bemalol hazillasha olaman.

Freddi Rinkon kumirim edi, ammo keyinchalik o'zgarishlar bo'ldi. Bugungi kunda ko'pchilik meni Balotelliga o'xshatadi.

Oldinda uni ijarama-ijara yurish qismati kutib turardi. Ko'zga tashlana boshlagan payti esa 2017 yildan boshlanadi. "Oliveyrense" safida u 35 o'yinda 11 ta to'p kiritdi. So'ngra uch yil "Nasonal" libosida harakat qildi. 

2020 yilning aprelida Riaskosning hayotida unutilmas voqea sodir bo'lgan: u futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashgan.

Gap shundaki, COVID-19 pandemiyasi tufayli futbol uchrashuvlari to'xtab qolgandi. O'sha paytda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Ronaldu vataniga qaytib, Madeyra orolida hashamatli villani ijara olgan va mahalliy "Nasonal" klubi stadionida individual mashg'ulotlar o'tkaza boshlagan. Biroq u bilan barcha ham yuzma-yuz kela olmasdi. Shunday baxtga musharraf bo'lganlardan biri Brayan Riaskos edi. O'shanda Riaskos "Nasonal" to'purari sifatida tanilgandi.

Bir kuni tongda klub sport direktori Riaskosga qo'ng'iroq qilib, uni chaqirib oladi. Brayan stadion tomon shoshiladi va qarshisida Ronalduning tirigini ko'radi. Ular o'zaro suhbatlashishgan va suratga tushishgan.

Ronaldu barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi. U meni "Sen mashinasan" deya etirof etdi. Bunday maqtovni unutib bo'larkanmi?!

VIDEO

2021 yildan boshlab Ukrainaning "Metallist" klubi azosiga aylangan hujumchi qisqa muddat o'ng qanot himoyachisi ham sifatida harakat qildi.

2022 yil 7 mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan xorijlik futbolchilarning Ukrainadagi barcha shartnomalari 30 iyuniga qadar to'xtatilganini va shu kungacha Ukrainadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berilganini elon qildi. 28 mart kuni Riaskos ushbu shartdan foydalanib, Shveycariyaning "Grasshoppers" bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. 

Biz Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inida edik. 24 fevral kuni yarim tunda eshiklar taqillay boshladi, chamasi soat 3 lar atrofida edi. Ukrainaliklar "Urush", deya baqirishardi. Ular umidsiz qiyofada edi. Ukrainada sodir bo'layotgan voqealar juda achinarli.

Shuningdek, u bir muddat Saudiya Arabistonining "Al Xalij", Portugaliyaning "Maritimu", Turkiyaning "Gaziantep" klublarida to'p tepdi. 2024 yil esa Xitoyning "Cindao" jamoasi sharafini himoya qildi.

"Maritimu" safida u "Estrela Amadora" murabbiyi Serjiu Vieyra bilan tortishib qolgani ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo'lgan.

VIDEO

Riaskos 2025 yilning yanvarida Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. 

O'zbekistonning eng kuchli jamoasida to'p tepishimdan xursandman. Tug'ilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va "Paxtakor" muxlislarini o'z gollarim bilan xursand qilaman.

17 fevral kuni esa u Osiyo Elit Chempionlar Ligasining so'nggi turidan o'rin olgan "Al Sadd"ga qarshi o'yinda dublga erishib, jamoasini pley-off bosqichiga yo'l olishida ulkan hissa qo'shdi.

Kelajakda Ispaniya yoki Angliyada to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lishni xohlayman. Ispaniyada futbol ancha erkin, Premer-liga dunyoning eng yaxshi chempionatlaridan biri hisoblanadi. Biroq o'yin uslubim tufayli o'zimni Angliyada qulayroq his qilsam kerak.


Otasi futbolchi bo'lishini xohlamagan, "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng taqdiri o'zgargan va yaylovdan Chempionlar ligasiga yo'l olgan "Andijon"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz

Superligadagi debyutida "Nasaf"ni jazolagan, hokimdan mashina olgan hamda Toshkentda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

"Men Messi yoki supermen emasman" — yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Debyutida chetlatilgan, APL klublari nazariga tushgan, hakamga musht tushirgani uchun yarim yil futbolsiz qolgan hamda maoshini bolalarga hadya qilgan Superliganing eng yaxshi xorijlik o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
19 fev 18:55:57
Abdusalom Mirzayev
Бир йиллик экан, кейинги йил Ўзбекистонда бўлмайди.
+1   
19 fev 09:43:04
Umid Tursunov
Haqiqiy hujumchilarga hos harakatlarni kordim omadini bersin Neftchi bilan oyinlar yonarkanda bu yil !!!!!!
   
19 fev 07:05:10
TEMUR
Ispanya Angilyani tushingda koʻrasan
-1   
19 fev 06:29:31
Abdulbasit Mahmudov
Bolatelliga oxshashini bilmadimu gavda girt.halk
Bu gavdaga koproq America futboli mos kurashchi
Hujumda obameyanga..oxshagan boydar ozginroq
Futbolchi yutadi mani fikrimcha
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика