ECHL 1/8 final bosqichiga qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Liverpul" PSJ bilan o'ynaydi!
21 fev 16:23
Yangiliklar


ECHL 1/8 final bosqichiga qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Liverpul" PSJ bilan o'ynaydi!
Ushbu haftada yana 8 ta pley-off ishtirokchisi aniqlandi. Ular yo'llanmani qo'lga kiritish uchun o'tish o'yinida ishtirok etdi. Endilikda 16 ta jamoa asosiy bosqich turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda, ikkita ehtimoliy raqibdan biri bilan o'ynaydi.
Qurani doimgidek UEFA bosh kotibi o'rinbosari Jorjio Marketti olib bordi.
Biz qura natijalari, shuningdek, finalgacha bo'lgan musobaqa to'rini bilib oldik.
1/8 final juftliklari:
1) "Bryugge" – "Aston Villa"
2) "Borussiya D" – "Lill"
3) "Real" – "Atletiko"
4) "Bavariya" – "Bayer"
5) PSV – "Arsenal"
6) "Feyenoord" – "Inter"
7) PSJ – "Liverpul"
8) "Benfika" – "Barselona"
Musobaqa to'ri
Ushbu bosqichining dastlabki o'yinlari 4-5 mart kunlari, javob o'yinlari esa 11-12 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar