Slot – Gvardiolani APLning bir mavsumida ikki marta mag'lub etgan "Liverpul"ning birinchi murabbiyi!
24 fev 12:03
Yangiliklar


Slot – Gvardiolani APLning bir mavsumida ikki marta mag'lub etgan "Liverpul"ning birinchi murabbiyi!
Uchrashuvning 14-daqiqasida vengriyalik Dominik Soboslaining uzatmasidan so'ng misrlik Muhammad Saloh "shaharliklar" darvozasini ishg'ol qildi va mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada "Liverpul" "Manchester Siti" darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Bu safar Salohning uzatmasidan keyin Soboslai darvozani aniq nishonga oldi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limida gol urilmadi va "Liverpul" safarda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa Arne Slot APL bir mavsumida Pep Gvardiolaga qarshi g'alaba dublini rasmiylashtirdi. Va u bu ishni birinchi urinishdayoq amalga oshirdi!
Birinchi davrada Slott boshqaruvidagi "qizillar" "Enfild"da 2:0 hisobida zafar quchgandi.
"Liverpul" 64 ochko bilan APLda ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Arsenal" hisobida 53 ochko bor. "Manchester Siti" 44 ochko bilan 4-o'rinda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar