Andijon ikki nafar futbolchini ijaraga berdi. Biri Qozog'iston chempionatiga yo'l oldi
24 fev 09:36
Yangiliklar


Andijon ikki nafar futbolchini ijaraga berdi. Biri Qozog'iston chempionatiga yo'l oldi
Andijon klubi yana ikki nafar futbolchisini ijaraga berdi.
O'tgan yili jamoaga qo'shilgan rossiyalik 19 yoshli hujumchi Luka Zgurskiy Qozog'istonning «Turon» klubida mavsum oxiriga qadar to'p suradi.
Shuningdek, yana bir 19 yoshli himoyachi Abubakir Rejabboev esa endilikda Toshkentning «Olimpik» jamoasida to'p suradi.
Malumot uchun, 2024 yilgi mavsumda Zgurskiy «Andijon» safida Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo'lib, 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Abubakir Rejabboev esa «Andijon» U21 va U19 tarkiblarida 28 ta bellashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar