So’nggi yangiliklar

22:26"Бавария" 125 йиллигига бағишланган либосини тақдим қилди  0 21:57Европа лигаси. "Рома" - "Порту" баҳси асосий таркиблари маълум!  21 21:39"Интер" посбони бармоғини синдириб олди  1 21:15Камрон Саидазимов – "Шўртан" футболчиси!  0 20:59Назорат ўйини. "Қизилқум" Грузия жамоасини мағлуб қилди  0 20:45"Хоразм" назорат ўйинида Россия жамоасига ютқазди  2 20:29"Локомотив" назорат ўйинида "Шериф"га мағлуб бўлди  1 20:15Лига U-21 чемпионати учрашувларининг тўлиқ тартибда ўтказиш масъулиятини ўз зиммасига олмайди  0 20:01"Насаф" Туркияда Молдова клубига мағлуб бўлди  3 19:39"Динамо" Самарқанд Қозоғистон чемпионати гранди билан баҳсда дуранг қайд этди  1 19:33"Ливерпуль" — ЕЧЛ ғолиблигига асосий даъвогар. "Астон Вилла" эса ТОП-10да  12 19:11"Манчестер Сити" ёзда яна бир ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 18:24Ламин Ямаль "Реал"га ўтиши мумкинлиги ҳақида гапирди  20 17:51Иш якунланди! Беллингемга қизил берган ҳакам жазоланмайди  27 17:32Абдуқодир Ҳусанов иштирокидаги ўйинлар Ўзбекистонда олиб кўрсатиладими?  30

Hakamlarimizning Turkiyadagi yig'ini qanday o'tmoqda? Endi hakamlarga kim javobgar bo'ladi? Yangiliklar

Hakamlarimizning Turkiyadagi yig'ini qanday o'tmoqda? Endi hakamlarga kim javobgar bo'ladi?

O'zbekiston futbol hakamlari markazi shu kunlarda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

“Championat.Asia” muxbiri Emil Bekmuxamedov mazkur yig'in koordinatori Mamur Saidqosimov bilan suhbatlashdi.

- Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inidan asosiy maqsad nima? Futbolchilarning mavsumga tayyorgarligi bilan qanday o'xshashlik bor?

- O'quv-mashg'ulot yig'ini hakamlarimizning ish sifati va darajasini oshirish maqsadida o'tkazilmoqda. U 12 – 24 fevral kunlariga mo'ljallangan. Turkiyada hakamlarimiz ham o'zimizning klublar, ham xorijiy klublar ishtirokidagi o'yinlarda ishlashi mumkin bo'ladi. Etakchi instruktorlar Farxod Abdullaev, Vladislav Ceytlin, Baxtiyor Namozov va Jaxongir Saidov hakamlarga FIFA va AFKning yangi tavsiyalari bo'yicha batafsil malumot berishadi, shuningdek, hakamlar barcha o'yinlarda bir xil talqinda ishlashlariga zamin yaratiladi. Fitness-instruktor Yuliya Tarasova hakamlarimizning jismoniy holatini yaxshilash uchun fitnes-mashg'ulotlar olib bormoqda va jismoniy holatni yaxshilash uchun so'nggi tavsiyalar bilan o'rtoqlashmoqda.
Hakamlarning yig'ini, futbol klublari o'tkazadigan yig'inga o'xshab ketadi. Misol uchun hakamlarning kun tartibi quyidagicha:
8.00 - 9.00 – ertalabki mashg'ulot;
10.00 - 12.30 – nazariy mashg'ulotlar;
15.00 - 19.00 – o'rtoqlik uchrashuvlarida ishlash;
17.00 - 18.00 – ikkinchi mashg'ulot sport-zalda (shu kuni o'yini yo'q hakamlar uchun);
21.00 - 22.00 – Instruktorlar bilan birgalikda o'tkazilgan o'yinlar tahlili.




- Nima uchun yig'inlarni aynan Turkiyada o'tkazyapmiz?

- Turkiya tanloviga sabablardan biri bu hakamlarimiz yaxshi darajadagi jamoalar ishtirokidagi o'yinlarda ishlashi mumkinligi. Shuningdek, Turkiya varianti foydasiga yana bir plyus jihat, uchrashuvlar tabiiy maydonlarda va yaxshi ob-havo sharoitida o'tadi.

- Yig'inlarga yosh hakamlar ham jalb etilganmi? Ular tajribaliroq hamkasblaridan ko'p narsani o'rganib olishlari mumkin bo'lardi?

- Ha, 14 nafar bosh hakam va 16 nafar yordamchi kelgan. Ularning to'rt nafari yosh, umidli hakamlarimizdan va yana olti nafari assistentlar hisoblanadi.

- Yig'in doirasida hakamlar qanday nazariy va amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda? Qaysi jihatlarga ko'proq etibor berilmoqda?

- Nazariy mashg'ulotlarda joy tanlash va harakatlanish, to'p qo'lga tekkan vaziyatni belgilash, “o'yindan tashqari holat”ni qayd etish, intizomiy choralar ko'rish va VAR bo'yicha ish olib borilmoqda. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlarda esa chidamlilik, yuklamali mashqlar, tezlikka ishlash, abjirlik, koordinaciya va yugurish texnikasi ustida ishlanmoqda.




- Avvalgi mavsumda hakamlar yo'l qo'ygan xatolar tahlil qilinadimi? Bu borda qanday xulosalar chiqarildi?

- O'tgan mavsumda yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilib, qanday xatolar ko'proq uchrayotgani borasida material tayyorladik. Yig'inlarda hakamlarga xatolari ko'rsatilib, kelajakda bunday xatoga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tavsiyalar berilmoqda. Biz yurtimizda ishlayotgan hakamlar birinchi navbatda zamonaviy, futbolni tushunadigan mutaxassis bo'lishiga intilyapmiz. Futbolni tushuna olish — bu hakam uchun o'ta muhim jihat.

- Hakamlarning mavsumga tayyorligini bilish uchun biror normativ yoki testlar mavjudmi?

- Har bir hakam jismoniy tayyorgarlik bo'yicha FIFA normativlarini topshiradi. Darvoqe, oraliq testni hakamlar Toshkentda 25-26 yanvar kunlari topshirishgan, Turkiyaga kelib esa ular FIFA tavsiya qiladigan yangi testni sinab ko'rishdi. Ular o'yindagi vaziyatlarga maksimal ravishda yaqinlashtirilgan.




- Hakamlik borasida yig'inda sinab ko'rilayotgan qanday yangiliklarni bo'lajak mavsumda chempionatimizda kutish mumkin?

- To'p qo'lga tekkan vaziyatlar, “o'yindan tashqari holatlar” va o'yin davomida futbolchilar to'qanshuvlari (bir futbolchi ikkinchisining oyog'ini bosib olishi va shunga yaqin holatlar). Shuningdek, turli bahsli vaziyatlarda tartib-intizom choralari qo'llash yoki qo'llamaslik ustida ish olib borilmoqda. Instruktorlar barcha hakamlar uchun yakka koncepciyani qabul qilishdi va vaziyatlarga bir xil talqinda yondashib, o'sha talqindan kelib chiqib, qaror chiqarishlari taminlanadi.

- Yig'in samaradorligi qay yo'sinda aniqlanadi?

- Samaradorlik qo'yilgan vazifalar qanchalik darajada bajarilganiga qarab baholanadi. Shuningdek, Superliga, Pro-Liga va mamlakat Kubogi bahslaridagi hamda boshqa musobaqalardagi hakamlikni kuzatamiz. Yig'indagi inspektorlar hakamlar mavsumga tayyorligini aytishmoqda. Hali to'liq tayyor emas deb hisoblanganlar esa o'z vaziyatini yaxshilash uchun tavsiyalar olmoqda.




- UzFHM tizimi yangi mavsumda qanday ishlaydi? Bunga kim javobgar bo'ladi?

- Yangi tizim bo'yicha barchasining boshida: O'FA texnik direktori Gi Kiala turadi, Farhod Abdullaev – texnik maslahatchi, koordinator-direktor Mamur Saidqosimov, hakamlarning malaka oshirishi va rivojlanishiga Valentin Kovalenko javobgar bo'ladi, musobaqalar, hakamlar va inspektorlar bilan ishlash bo'yicha Vladislav Ceytlin, Jaxongir Saidov VAR texnologiyalari bilan ishlashni boshlab yuborgan, futzal va sohil futboli hakamlarining rivojlanishiga Baxtiyor Tog'aev va Baxtier Namozov, hakamlarning jismoniy holatiga esa Yuliya Tarasova javob beradi. Har kim o'z yo'nalishi bo'yicha ishlaydi va o'z qismiga javob beradi. Bugungi kunda barcha qarorlar tuzilma mutaxassislari tomonidan birgalikda qabul qilinmoqda va bitta shaxs boshqalardan ustun bo'lishi degan narsa yo'q.




Emil Bekmuxamedov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика