"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Husanovni maqtadi
24 fev 12:30
Yangiliklar


"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Husanovni maqtadi
"Shaharliklar" sobiq azosi Pol Dikov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanovning "Liverpul"ga qarshi (0:2) Angliya Premer-ligasi 26-tur o'yiniga baho berdi.
Sobiq forvard Matchday LIVE efirida 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchining jamoasi mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, futbolchining harakatlari iliq taassurot qoldirganini aytib, "ajoyib" deya baholadi.
Qayd etish kerakki, "Liverpul" bilan o'yinda Husanov bir yo'la ikkita ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshi deb topilgandi – to'pga eng ko'p tegish (102), shuningdek, paslar aniqligi (99%).
Bundan tashqari, Husanov APLning 26-turida to'p uchun kurashda eng ko'p (12 marta) g'olib chiqqan futbolchi bo'ldi.
Malumot uchun, Dikov futbolchilik davrida "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa jamoalar sharafini himoya qilgan. U Shotlandiya terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
16 yoshli yamalda, 18 yoshli Mbappeda, Endrikda, Vinida, Gulerda, Salahda, Sonda bosim yo‘q edimi? O‘z yurtlarida ular haligacha etibor markazida. Nima ular bundan bexabarmi? Gap shundaki ular professional. Buni baxona qimaydi ular. Qaytanga maza ku. Futbol shu muxlislar bilan, shu mashhurlik bilan futbol ku. Yosh futbolchi bolalar shuni orzu qiladi ku. Maqsadi shu ku aslida muxlislar etibori. Etibordan qolishni hohlamaydi ku hech bir futbolchi. Eldor Romada eplayapti, Abbos bemalol barsada o‘ynay olaman deyapti. Husanov vinini surib tashayapti. Duhi, maqsadi baland bollarni. Unaqa ja avaylaydigan, hayajondagi bolalar emas. Trofey yutgani keldim deyapti intervyusida, shunchaki Apl da o‘ynash uchun demayapti. Abduqodir eshitsa hafa bo‘sa kerak, men nimalarni maqsad qilyapman, bular nima deyapti deb.