Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi?
18 fev 12:44
Yangiliklar


Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi?
"Paxtakor" 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" yoki "Al Hilol" klubidan biriga qarshi o'ynaydi. Aynan qaysi klubga qarshi maydonga tushishi bugungi (18 fevral) kungi Elit OCHL bahslaridan keyin malum bo'ladi.
Malumot uchun, 1-o'rinni olgan jamoa 8-o'rinni egallaydigan klubga qarshi, 2-o'rin sohibi 7-o'ringa qarshi o'ynaydi. "Paxtakor" pley-off bosqichining ilk uchrashuvida o'z maydonida o'ynaydi. 1/16 finalning ilk uchrashuvlari esa 3-4 mart kuniga belgilangan. Shunday qilib, mart oyi boshida Saudiya Arabistoni grandlaridan biri Toshkentda mehmon bo'ladi.
Xo'sh, ayni paytda bu klublar safida qaysi mashhur futbolchilar to'p tepishmoqda?
"Al Ahli": Eduard Mendi, Rojer Ibanez, Riyad Mahrez, Firas Al Buraykan, Roberto Firmino, Alekssander, Galeno, Gabri Veyga, Merih Demiral, Matteo Dams, Ezjan Alioski, Frank Kesse, Ayven Touni.
"Al Hilol": Yassin Bunu, Kalidu Kulibali, Ali Al Bulayhi, Renan Lodi, Ruben Nevesh, Aleksandar Mitrovich, Markos Leonardo, Yossir Al Shahroni, Joau Kanselu, Sergey Milinkovich Savich, Kayo Sezar, Salim Al Davsari, Malkom.
Qaysi klub Toshkentga kelsa o'yinga chipta sotib olib stadionga tushardingiz?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar