So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Markaziy uchrashuvda g'olib chiqqan murabbiy, "1+1" qayd etgan futbolchi, O'zbekiston MTJ posboni, standartni mohirona ijro etgan xavbek - Superligada 11-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Markaziy uchrashuvda g'olib chiqqan murabbiy, "1+1" qayd etgan futbolchi, O'zbekiston MTJ posboni, standartni mohirona ijro etgan xavbek - Superligada 11-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 11-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi darvozaboni – Abduvohid Nematov ("Nasaf")

"Nasaf" tur markaziy to'qnashuvida o'z uyida OKMKni mehmon qildi. Uchrashuvda qarshiliklar 2:1 hisobida ustun keldi. Bu g'alabada posbon Abduvohid Nematovning hissasi katta bo'ldi. 24 yoshli darvozabon bahs mobaynida 4 ta seyv namoyish etdi hamda jamoasini bir qator gollardan asrab qoldi, u o'yinning so'nggi soniyalarida ham jamoasi joniga ora kirdi. Shu orqali u Championat.asia ijodkorlari tomonidan 11-turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi murabbiyi – Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")

"Nasaf" tur markaziy o'yinida OKMKni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Berdiev shogirdlari ishonchli va mazmunli o'yin namoyish etib, haqli g'alabaga erishdi. Uning taktik ishlanmalari o'z samarasini berdi hamda Mirjalol Qosimov jamoasidan jadvaldagi etakchilik tortib olindi. Shu tariqa Ro'ziqul Berdiev 11-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi futbolchisi – Doniyor Abdumannopov ("Andijon")

"Andijon" ortda qolgan tur "Bobur Arena"da "Surxon" bilan to'qnash kelib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Doniyor Abdumannopov mazkur bahsda Bektemir Abdumannonovning goliga assistentlik qilgan bo'lsa, o'zi ham g'alaba keltiruvchi to'pni kiritdi. 24 yoshli vinger golni Potapov qo'riqlayotgan darvozaga shunchaki mixlab qo'ydi va andijonliklarning g'alabasini taminladi. Shu tariqa Abdumannopov 11-turning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng chiroyli goli muallifi – Jamshid Iskanderov ("Neftchi")

"Neftchi" bu tur Farg'onada bir kishi kam bo'lib qolgan "Sho'rtan" ustidan yirik g'alabaga erishdi (4:0). Farg'onaliklar tajribali futbolchisi Jamshid Iskanderov 65-daqiqada standartni aniq va mohirona ijro etdi. Iskanderov olis masofadan jarima zarbasi orqali tepgan to'p darvoza ustunini qaqshatib, to'rdan joy oldi. Shunday qilib, O'zbekiston MTJ xavbeki Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deya qayd etildi.






"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy — Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy — Superligada 4-turning eng yaxshilari        

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner — Superligada 5-turning eng yaxshilari        

"Sherlar"dan ikki vakil, 9 ta seyv qilgan posbon va xunuk gol urishni bilmaydigan legioner — Superligada 6-turning eng yaxshilari        

19 yoshli posbon, "Nasaf" futbolchisi, OKMKni yutgan murabbiy va O'zbekiston MTJ azosi — Superligada 7-turning eng yaxshilari         

Birga-bir vaziyatlarda jamoasini qutqargan posbon, xet-trik qayd etgan futbolchi, jamoasi kambek qilgan murabbiy — Superligada 8-turning eng yaxshilari        

Chempion bilan durang o'ynagan murabbiy, superseyv amalga oshirgan posbon, ikkita gol urgan futbolchi — Superligada 9-turning eng yaxshilari        

Toshkentda yutgan murabbiy va futbolchi, mavsumdagi ilk g'alabaga erishgan posbon, "Jar"da supergol urgan futbolchi — Superligada 10-turning eng yaxshilari

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика