LIVE. Elit OCHL. "Al Ittihod" - "Paxtakor" 1:0 (matnli translyatsiya)

23 noya 2026, 23:15
Elit OCHL 5-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

OFK Elit Chempionlar Ligasi

23.11.2026, 23:15. Jidda, "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadioni.

"Al Ittihod" - "Paxtakor" 1:0

Gollar: 7 - Muhannad Al Shanqiti

Bosh hakam: Umar Alali (BAA)

Qanot hakamlari: Muhammad Alhammadi (BAA), Jasem Al-Ali (BAA)

Zaxira hakami: Yahyo Almulla (BAA)

VAR: Muhammad Obayd Xadim (BAA)

AVAR: Xolid Xalaf (Qatar)

Nazoratchi: Ali Saboh Al-Qaysi (Iroq)

Komissar: Muhammad Mango (Iordaniya)

"Al Ittihod": 1. Predrag Raykovich, 2. Danilo Luis (s), 6. Saad Al Mosa, 8. Muxtar Ali, 10. Hussem-Eddin Auar, 13. Muhannad Al Shanqiti, 22. Marvan Al Sahafi, 25. Faris Rifat Abdi, 30. Dion Lopi, 34. Stiven Bergveyn, 99. Jorj Ilenixena.

Zaxira: 4. Yan-Karlo Simich, 11. Solih Al Shehri, 21. Yussef En-Nesiri, 23. Jorjino Veynaldum, 27. Ahmed Al G'amdi, 29. Farhah Al Shamrani, 32. Ahmed Yusef Aljulaydan, 42. Muat Fagihy, 50. Muhammad Salim Alabsi, 60. Rakan Kaabi, 66. Muhammad Ali Barnavi, 88. Usama Muborak Al Mermesh.

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin Hantush, 10. Akmal Mozgovoy, 13. Muhammadali Dilshodbekov (90. Stiven Chinedu, 31’), 17. Dostonbek Hamdamov (s), 22. Muhammad-Bobur Karimov, 23. Abdurauf Bo'riev, 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Flamarion Filo, 55. Abdumajidov Muhammadrasul, 77. Oybek Bozorov.

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Dilshod Saitov, 9. Ibrohim Ibragimov, 11. Hojimat Erkinov, 18. Abubakir Shukurullaev, 20. Dilshod Abdullaev, 26. Davron To'laganov, 29. Aymen Husseyn, 33. Saydaliev Kuvanish, 44. Ermanov Diyor.

33. Flamarionning zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytmoqda.

33. Chinedu sal qolsa akrobatik uslubda zarba berishi mumkin edi, ammo o'xshamadi.

31. Dilshodbekovda muammo kuzatildimi, uning o'rniga Chinedu tushdi. Qiziq.

31. Hamdamovdan yana bir zarba, bu safar raqib posboni to'pni qaytardi…

29. Al Sahafining erlatib bergan zarbasini Vladimir bartaraf etdi.

28. Oxirgi daqiqalarda toshkentliklar hujumlarda faol bo'lmoqda.

21. Doston Hamdamovning uzoqdan yo'llagan o'ta uchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

17. Yo'q, penalti bekor, o'sha vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.

17. Penalti, “Paxtakor” darvozaasi tomon.

15. Hussem-Eddin Auarning darvozaga yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

11. Mezbonlar yana oldinga o'tmoqda, hujumlar soni ortmoqda.

8. Endi “sherlar” imkon qadar faollikni oshirishlari zarur.

7. GOL! Shantiqi hisobni ochdi. Jarima maydonchasi ichida erlatib berilgan zarba natijasida to'p darvoza to'ridan joy olmoqda…

6. Raqib futbolchisining zarbasini Nazarov bartaraf eta oldi.

2. Ilk daqiqadanoq mezbonlar faollik ko'rsatmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Elit OCHL 5-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" - "Paxtakor" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia