La Liga kiberhujum va foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqqanini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2026, 19:50
La Liga 14-16 noyabr kunlari oralig'ida kiberhujumlar qurboniga aylanganini tasdiqladi.

Xabar qilinishicha, noma'lum shaxs liga va ayrim klublarning raqamli servislarida ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qo'lga kiritgan.

Liga rahbariyatining tasdiqlashicha, xavfsizlik xizmati kirish manbaini aniqlagan.

“16 noyabr kuni hujumni to'xtatish, ma'lumotlar sizib chiqishining oldini olish va buzg'unchini bloklash uchun barcha zarur choralar ko'rildi. Hodisa faqat ushbu platforma bilan cheklandi va La Liganing qolgan tizimlariga ta’sir qilmadi, shuningdek, musobaqalar jarayoniga ham xalaqit bermadi.

Biz har qanday yangi hujum urinishlarini aniqlash va La Liga raqamli servislarining maksimal xavfsizligini taminlash maqsadida tizimlar monitoringini kuchaytirdik”, – deya liga matbuot xizmati bayonotidan iqtibos keltirdi AS.

Ushbu hujum haqida Ispaniya ma'lumotlarni himoya qilish agentligi (AEPD) allaqachon xabardor qilingan, shuningdek, hodisa yuzasidan tergov olib borayotgan Milliy policiyaning kiberjinoyatchilikka qarshi kurash markaziy boshqarmasiga ariza topshirilgan. Bundan tashqari, vaziyatdan zarar ko'rgan klublar ham ogohlantirilgan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS