PSJ Vitinya bilan shartnomasini uzaytiradimi?

Sherzod Nurmatov
23 noya 2026, 16:23
PSJ yarim himoyachi Vitinya bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish niyatida.

Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Parij klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim imzolamoqchi, shuningdek, unda kelishuvni yana 1 yilga - 2032 yilgacha uzaytirish bandi ham ko'zda tutiladi.

Futbolchining amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma'lumot uchun, Vitinya 2022 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. U Fransiya jamoasi safida shu kungacha jami 218 o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 26 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira