OCHL. Abrorbek Ismoilov "Neftchi" – "Al Hilol" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2026, 20:54
Farg'onaning "Neftchi" klubi yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov Osiyo Chempionlar ligasi Elit bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Al Hilol"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

23 noyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

Mezbonlar birinchi bo'limda ikki to'p farqi bilan ortda qolganiga qaramay, tanaffusdan keyin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Ismoilov ikkinchi bo'lim boshida raqib darvozasini ishg'ol qilib, farg'onaliklarning hisobdagi farqni qisqartirishiga hissa qo'shdi. 70-daqiqada esa "Al Hilol" himoyachisi Yusuf Akchichek o'z darvozasiga gol kiritdi.

Shu tariqa, "Neftchi" Saudiya Arabistonining nomdor klubiga qarshi uchrashuvda ikki to'plik ustunlikni bartaraf etib, bir ochkoni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia