"Lokomotiv" Jaloliddinovni ro'yxatdan chiqardi
19 sen 2020 20:01
Yangiliklar


"Lokomotiv" Jaloliddinovni ro'yxatdan chiqardi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachis Jasur Jaloliddinovni Rossiya chempionati uchun zayavkadan chiqardi.
28 avgust kuni "temiryo'lchilar" Jaloliddinovni ro'yxatdan o'tkazgandi. Hamyurtimiz "Lokomotiv"ning ikkita o'yinida zaxiraga kiritildi, biroq maydonga tushmadi.
Bugun "Lokomotiv" chernogoriyalik hujumchi Luka Jorjevichni ro'yxatdan o'tkazdi va Jaloliddinovni ro'yxatdan chiqarib yubordi. Sababi Rossiya premer-ligasida har bir klub maksimum 8 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkaza oladi.
Endi Jaloliddinov katta ehtimol bilan boshqa klubga ijaraga berilsa kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar