So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  5 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  34 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  308 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

Mirko Yelichich: "Natijadan mamnunman, ammo o'yinimizni yaxshilashimiz kerak" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Natijadan mamnunman, ammo o'yinimizni yaxshilashimiz kerak"

Pro-liganing 15-turi doirasida "Lokomotiv" - "Aral" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.


- Bugun shunday o'yini bo'lishini bilardik. Chunki "Aral" tajribali jamoa, tarkibdagi futbolchilar uzoq vaqtdan buyon birga o'ynab kelishmoqda va har bir o'yinga katta kuch bilan tayyorlanadi. Balki bugun biz chiroyli o'yin ko'rsatmagandirmiz. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilib turgandik. Biroq gol urib olganimizdan keyin etiborni hisobni saqlab qolishga qaratdik va himoyalandik. Bu oson ish emas. Qarshi hujumdagi vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi. Lekin bunday bo'lmadi. Natijadan mamnunman, ammo o'yinimizni yaxshilashimiz kerak.

- Bugun Momchilo Rasho hamda Nikola Popovich zaxirada qoldirildi. Bu nima bilan bog'liq?

- Momchilo mashg'ulotlarda tizzasida noqulaylik his qildi. Kecha mashg'ulotlarda uning harakatlarini kuzatib bordik va u erkin shug'ullana olmadi. Shu sababli uni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildik. U ko'p vaqt mobaynida tuzalishga harakat qildi, shu sababli asosiy tarkibda o'ynay olmasdi. Nikola hususida to'xtaladigan bo'lsam, Shodiyor Shodiboev ham o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Unga imkoniyat berishimiz kerak edi. Shodiboev bugun yaxshi o'ynadi, bu ijobiy holat.

- Bugun Abdushukur Mahamatov gol urdi va bu jamoaga g'alaba keltirdi. Ushbu futbolchi haqida fikringiz.

- Uni o'tgan yildan beri bilaman, "Paxtakor"da uning o'yinlari menga maqul kelgan. Yosh bo'lsa-da, juda sifatli futbolchi. Ayrim jihatlarini yaxshilash kerak. U kelasi yil uchun ham ishlashda davom etmoqda. Uning futbolini tushunish sifati juda yaxshi, barchasini tez ilg'ab oladi. Biroq unga kuch etishmayapti. Umuman olganda u yaxshi futbolchi.

- Ushbu g'alabadan keyin "Lokomotiv" peshqadamlikka qaytdi. Oldindagi o'yinlar haqida gapirsangiz.

- Har bir uchrashuv juda muhim. O'yinlar orasida ko'p vaqt bor, shu sababli bugun yutsang, keyingisida yutqazishing hech gap emas. Bunda raqibning qanday darajada ekanligini farqi yo'q. Har bir o'yinga boshqacha qarash kerak, unda raqibning o'yin uslubini, ularning o'yinga qanday qarashini hisobga olish kerak. Shu sababli har haftada yangicha raqib uchun tayyorlanishimiz kerak bo'ladi. Biz uchun asosiysi - yaxshi futbol namoyish qilish. Bu pallada ochkolar ham juda muhim. Lekin biz bu ochkolarni qay tariqa qo'lga kiritishimizga ham qaraymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика