O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan tushib qolgan futbolchilar
03 okt 18:18
Yangiliklar


O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan tushib qolgan futbolchilar
Sal avval O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig'iniga jalb etilgan futbolchilar nomi elon qilindi.
Darvozabon O'tkir Yusupov, himoyachilar Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Diyor Xolmatov va vinger Jaloliddin Masharipov jarohat bois qaydnomaga kiritilmagan.
CAFA Nations Cup musobaqasida ishtirok etganlardan esa Abdulla Abdullaev, Umar Eshmurodov, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Aziz Turg'unboev, Alisher Odilov, Ruslan Jiyanov va Husayn Norchaev terma jamoaga jalb etilmagan.
Eslatib o'tamiz, milliy jamoa 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasi bilan bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar