

Hisob-kitobda yoshlar va o'rinbosarlar jamoalari safidagi o'yinlar inobatga olinmagan.
"Real" sobiq hujumchisi Karim Benzema 993 ta o'yinlik ko'rsatkichda to'xtagan bo'lsa, "Orlando Siti" forvardi Antuan Grizmann faoliyati davomida 964 ta bahs o'tkazgan.
Ugo yubiley marrasiga 26 oktyabr kuni "Los-Andjeles Gelaksi"ga qarshi kechgan derbida (2:2) erishdi.
Ayni paytda Loris hisobida Fransiya terma jamoasi safida 145 ta va klublar miqyosida 856 ta uchrashuv mavjud.
Loris "Los-Andjeles"dan tashqari "Nicca" va "Lion" sharafini himoya qilgan, 2012 yildan 2023 yilgacha esa "Tottenxem" futbolchisi bo'lgan.


