So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Mirko Yelichich: "Uch ochkoni qo'lga kiritdik, lekin o'yindan unchalik mamnun emasman" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Uch ochkoni qo'lga kiritdik, lekin o'yindan unchalik mamnun emasman"

Pro-liganing 16-turi doirasida "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida fikringiz.

- Uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'yindan unchalik mamnun emasman. Ko'p vaziyatlarda biz to'p yo'qotdik, xatolarga yo'l qo'ydik. Ortiqcha harakatlar ko'p bo'ldi, bularni kamaytirish kerak. Futbolchilarim qanday futbol o'ynash kerakligini yaxshi bilishadi. Hali to'p bilan ko'p ishlashimiz kerak. Bugun ko'p oldinga o'ynadik, ko'p hujumlar qildik. Shunchaki vaziyatlardan foydalanish, yani, to'g'ri qarorlar chiqarish kerak. Raqib tarkibidagi yosh futbolchilarning iqtidori yuqori. Ushbu mavsumdan keyin ularga yaxshi jamoalardan takliflar bo'lishi kerak. Chunki ular bilan anchadan beri bilaman. Ushbu yoshlarning o'yinlari menga maqul kelmoqda. Umid qilamanki, ushbu yoshlarning kelajagi yaxshi bo'ladi.

- Bugun jamoangiz ko'p xato qildimi?

- Osonroq o'ynashni o'rganish kerak, ishni qiyinlashtirib yuborish kerakmas. O'yin bunchalik qiyin bo'lmasligi ham mumkin edi, lekin biz o'zimiz holatlarni og'irlashtirib yubordik.



- Bugun Nikola Popovich ikkita gol urdi. Ushbu futbolchi haqida fikringiz.

- Unda etarlicha sifatlar bor, biroq barqarorlik etishmayotgandi. Bugun u ikkita gol urdi va bu yaxshi holat. Hujumchilarning gollarini sanashadi. Gol urmasang qadrlanmaysan. Endi u ham barqarorlik sari harakat qilishi kerak. O'yinlar orqali o'z darajasini qaytarib olish uchun o'ynasin. 

- Bugungi o'yindan keyin tanaffus bo'ladi. Rejalar qanday?

- Keyingi o'yingacha 3 hafta bor. Balki bunga optimal holatda bormasligimiz ham mumkin. Agarda bunday holat yil boshida bo'lganida o'rtoqlik o'yinlari uchun raqib ham bo'lardi, futbolchilarga jismoniy yuklama ham bera olardik. Mavsum oxirida esa bu noqulaylik tug'diradi. Mavsum tugashiga oz vaqt qoldi, hamma charchagan. Bunday paytda futbolchiga dam berib, ularni bo'shashtirish, shu orqali ularning futboldagi sifatlarini saqlab qolish kerak.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика