Shensni "Barselona"da birinchi marta mag'lubiyatga uchradi
06 okt 2025 19:16
Yangiliklar
Shensni "Barselona"da birinchi marta mag'lubiyatga uchradi
Kecha, 5 oktyabr sanasida, ko'k-anorranglilar chempionat 8-turi doirasida "Sevilya"ga imkoniyatni boy berdi (1:4).
Shensni uchun bahs bu mavsum La Ligadagi ikkinchi o'yin bo'ldi. "Barselona" avvalroq Voycex bilan "Real Sosedad" (2:1) ustidan g'alaba qozongandi. Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida darvozabon 15 o'yinda ishtirok etib, 14 g'alaba va 1 durang qayd etgandi.
Shensni "Barselona" safiga 2024 yil oktyabr oyida kelib qo'shilgandi. O'tgan vaqt davomida u barcha musobaqalarni inobatga olganda 33 o'yinda maydonga tushgan va 14 bor darvozasidan gol o'tkazmagan. "Transfermarkt" portali malumotiga ko'ra, polshalik transfer narxi 1 mln. evroni tashkil qiladi.
Iyul oyi avvalida 35 yoshli posbon klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar