So’nggi yangiliklar

14:00Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  0 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  10 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  8 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  11 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  2 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  7 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:28Ўзбекистон футзал терма жамоасининг яна бир аъзоси легионерга айланди  0 08:00Моуринью «Галатасарой» мураббийлари ва футболчиларини маймун деб атади. «Галатасарой» бу бўйича ФИФАга арз қилмоқчи  11

Kontening evrokuboklardagi omadsizligi davom etadi - "Sporting" 40 soniya ichida "Tottenxem"ga ikkita gol urdi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Kontening evrokuboklardagi omadsizligi davom etadi - "Sporting" 40 soniya ichida "Tottenxem"ga ikkita gol urdi (mutolaa uchun)

89-daqiqagacha durang o'ynashayotgan edi.

Antonio Kontening "Tottenxem"i mavsumni ajoyib oshladi — jamoa APLda mag'lubiyatsiz ketmoqda (4ta g'alaba va 2ta durang), CHempionlar ligasida ham "Marsel"ga qarshi g'alaba bilan boshlashdi. Ammo, omadli seriyani kutilmaganda Lissabonning "Sporting" klubi buzib qo'ydi — o'yin so'nggida 3 ochkoga ega chiqishdi.


O'yin davomida xavfli vaziyatlar uncha ko'p bo'lmadi, ammo taxminan 70-daqiqalarda "Tottenxem" o'z maqsadiga baribir erishadigandek ko'rindi. Deyan Kulusevski o'yinga juda faol kirishdi, London jamoasi bosim qildi — ikkita yaqqol vaziyat yaratdi. Ammo, "Sporting" avvaliga o'yinni chetga surdi, so'nggi daqiqalarda esa ko'plab vaziyatlarni yaratdi.


88-daqiqada o'ng lateral Pedro Porro qanotdan markazga o'tdi va zarba berdi, Loris to'pni qiyinchilik bilan chiqarib yubordi. Zaxiradan o'yinga tushgan Paulino (portugaliyalik markaziy hujumchi, "Barsa" sobiq o'yinchisi emas) bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.



Lissabonlik muxlislar golni nishonlayotgan bir paytda, murabbiy Ruben Amorim maydonga braziliyalik vinger Artur Gomesni tushirdi, u esa qanotda himoyachilarni aldagan holda, ikkinchi golni urdi. Haqiqiy Joga Bonita.



Gollar orasida uch daqiqa atrofida vaqt o'tdi, ammo aslida atigi 43 soniya o'yin vaqti — 2 daqiqa o'yinchi almashtirishga ketdi.


Xulosa: Ruben Amorim ikki zaxirasi bilan o'yinni o'zgartirib yubordi. "Sporting" ushbu yozda maydon markazidagi asosiy o'yinchilarini yo'qotdi (Joau Palinya va Mateush Nunesh) va mavsumni og'ir boshladi, ammo CHempionlar Ligasida 2ta o'yin va 2ta ajoyib g'alabalar.


VIDEO  ECHL. "Sporting" - "Tottenxem" 2:0


Va bu qiyin guruhda etarli darajada oldinga siljish.


Konte tez-tez evrokuboklardan chiqib ketadi — hatto CHL guruhidan ham ko'pincha chiqolmagan


Antonio Konte "Sporting"ning ilk golidan so'ng yomon ahvolda ko'rindi. Uning jamoalari evrokuboklarga qadar etib bormasligiga ko'nikkan. Ammo, bunga ko'nikish ham mumkinmi?




SHunchaki o'ylab ko'ring, ushbu mavsumni hisobga olmasa, Kontening 5 jamoasidan 3tasi guruhlardan chiqa olmagan — bular juda ham kuchli "Yuventus" (2013/14 yilgi mavsum) va "Inter" (2019/20 va 20/21) edi.


Ammo, Konte hatto pley-offga chiqqanda ham, yoki to'xtagan yoki 2013 chorak finaldan musobaqani yakunlash uchun 1/8 finalda "Seltik"ni mag'lub etgan.


Evropa ligasida yaxshiroq: u erda "Inter" bilan finalda mag'lubiyat va "Yuventus" bilan yarim final — achinarli, sababi uydagi finalsiz qolib ketishgandi.


"Tottenxem" bilan ham evrokuboklardagi muvaffaqiyatsizlik davom etdi: dastlab Sloveniyaning "Mura" jamoasiga yutqazishdi, so'nggi turda esa jamoadagi koronavirus bilan bog'liq muammo sabab o'yinga borishmadi va texnik mag'lubiyat olishdi.


Bu tasodifmi yoki sabab bormi?


Kontega evrokuboklarda B rejasi etishmasligini aytishadi. Jamoasida nimadir yaxshi ketmayotgan bo'lsa, u zaxira varianti taklif eta olmaydi.



"Konte darajasidagi murabbiy o'z paytida g'oyalaridan voz kechib, jamoaga foyda keltiradigan o'zgarishlarga qo'l ura olishi kerak", — deb yozdi "Inter"ga muxlislik qiladigan jurnalist Fabricio Byazin. Bu haqda Kapello, Veri, Materacci va boshqa ko'plar aytishgan.


Yana bir muhim jihat — Antonio uchun o'yinga tayyorgarlik muhim, ammo hafta o'rtasida o'yin tashkil etilsa, u kerakli variantni ishlab chiqishga ulgurmaydi.


"Tottenxem" bossi Deniel Levi 170 million evrolik sarmoyadan so'ng "Sporting", "Marsel" va "Ayntraxt" o'rin olgan guruhdan chiqishni kutayotgani aniq.


B rejani izlashga to'g'ri keladi.


"Sporting" (Portugaliya) – "Tottenxem" (Angliya) 2:0

Gollar: 1:0 – 90 Paulinyu, 2:0 – 90 Artur.

"Sporting": Adan, Porro, Koates, Mateus Reys, Inasiu, Nunu Santush (Eshgayyu, 90), Ugarte, Morita (Aleksandropulos, 71), Pedru Gonsalvesh, Edvards (Artur, 90), Trinkau (Paulinyu, 76).

"Tottenxem": Loris, Emerson, Dayer, Devis, Romero, Perishich, Xeyberg, Bentankur, Son Xyon Min (Kulusevski, 72), Keyn, Risharlison.

Ogohlantirishlar: Bentankur (61), Morita (63), Mateus Reys (75), Emerson (81), Xeyberg (84).


Sporting CP

Paulinho - 90', Arthur - 90'

Champions League Grp. D . 2-tur

13/09/2022, 22:45

0
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: Estadio Jose Alvalade, 39899 tomoshabin

Bosh hakam: Srdjan Jovanovic

45'
90'
63'  Hidemasa Morita
71'  Hidemasa Morita (Sotiris Alexandropoulos)
75'  Matheus
76'  Trincao (Paulinho)
90'  Paulinho
90'  Pedro Goncalves
90'  Marcus Edwards (Arthur)
90'  Nuno Santos (Ricardo Esgaio)
90'  Arthur
61'  Rodrigo Bentancur
72'  Heung-Min Son (Dejan Kulusevski)
81'  Emerson Royal
84'  Pierre-Emile Hoejbjerg




Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика