Yana bir top-klub Antoniga qiziqmoqda
24 fev 2025 19:19
Yangiliklar
Yana bir top-klub Antoniga qiziqmoqda
"Betis" vingeri Antoni Ispaniyadagi o'yinlari bilan Evropa grandlarining etiborini tortdi.
Sevilyaliklar 24 yoshli futbolchini yanvarda "Manchester Yunayted"dan ijaraga oldi, shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. Antoni "Betis" tarkibida 6 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Fichajes"ning xabar berishicha, Turinning "Yuventus" klubi braziliyalik uchun kurashga qo'shilgan.
Avvalroq OAVda futbolchiga Myunxenning "Bavariya" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Antonining MYU bilan kelishuvi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali vingerni 20 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar