So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

2031 yilgi Osiyo kubogi mezbonligiga yana qaysi mamlakatlar davogar? Yangiliklar

2031 yilgi Osiyo kubogi mezbonligiga yana qaysi mamlakatlar davogar?

Markaziy Osiyo davlatlariga to'rtta raqobatchi mavjud.

O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi 24 fevral kuni 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o'tkazish bo'yicha Osiyo futbol konfederaciyasiga nomzodlik taklifini yubordi.

Qayd etilishicha, Osiyo futbol konfederaciyasi 2031 yil qitaning eng nufuzli futbol turniri bo'lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko'rib chiqishni boshlagan.

“So'nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o'tkazishga ishonch bildirgan holda, o'z qo'shma nomzodini ilgari surishdi”, — deyiladi O'zbekiston futbol associaciyasi xabarida.

Mezbonlikka davogarligi tasdiqlangan mamlakatlar

Indoneziya 

Indoneziya 2031 yilgi Osiyo kubogini o'tkazish uchun o'z nomzodini qo'yish niyatini 2024 yil 11 dekabrda malum qildi. Indoneziya avvalroq 2007 yilgi turnirni Malayziya, Tailand va Vetnam bilan hamkorlikda o'tkazgandi. Bu safar musobaqa Gelora Bung Karno, Jakarta, Gelora Bung Tomo, Jalak Harupat, Manahan, Gelora Srivijaya, Pakansari va Shimoliy Sumatra kabi stadionlarda o'tkazilishi ko'zda tutilmoqda.


Kuvayt

Kuvayt futbol federaciyasi 26-Fors ko'rfazi kubogi yakunidan so'ng 2024 yil 30 dekabrda 2031 yilgi Osiyo kubogini o'tkazish uchun rasman ariza topshirganini elon qildi. Ushbu mamlkat ilgari 1980 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilgan. Turnir o'tkaziladigan stadionlar orasida Jobir Al-Ahmad xalqaro stadioni, Sulaybihat stadioni hamda 2025 yilgacha qurib bitkaziladigan yana ikkita stadion bor. Bundan tashqari, OFK va FIFA talablariga muvofiq qo'shimcha stadionlar qurilishi ham rejalashtirilmoqda.


Birlashgan Arab Amirliklari

2025 yil 21 fevralda BAA Futbol Associaciyasi 2031 yilgi Osiyo Kubogini o'tkazish uchun rasmiy ariza topshirdi. BAA ilgari ham ikki marta - 1996 va 2019 yillarda Osiyoning eng nufuzli xalqaro futbol musobaqasiga mezbonlik qilgan edi.


Avstraliya

2006 yildan Osiyoga tegishli bo'lgan Avstraliya ham Osiyo kubogini o'zida o'tkazishni istab rasmiy ariza yubordi. Avstraliya 2015 yilda ham ushbu nufuzli musobaqani o'zida qabul qilgan edi.



Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi har to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladi. Navbatdagi 2027 yilgi turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.



Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика