Son Xyon Min "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin?!
23 fev 2025 21:08
Yangiliklar
Son Xyon Min "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin?!
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min faoliyatini Angliyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" 32 yoshli hujumchining transferiga qiziqish bildirmoqda. Bitim yozgi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin.
Forvardning "shporlar" bilan mehnat kelishuvi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt hujumchini 38 mln evroga baholanmoqda.
Son joriy mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi. U 2015 yilning yozidan beri London jamoasida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar