So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  5 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  18

Islombek Ismoilov: "Raqibning tezkor golidan so'ng ham uslubimizni o'zgartirmadik" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Raqibning tezkor golidan so'ng ham uslubimizni o'zgartirmadik"

PRO-Liga 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov saytimizga intervyu berdi.

- Islom aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Avvalo birinchi navbatda uzoq bo'lishiga qaramasdan Samarqandga kelib bizni stadiondan qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga, shuningdek televidenie orqali o'yinni ko'rib bizni qo'llab-quvvatlagan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimni bildirgan xolda g'alaba bilan tabriklayman. Bugunga qadar jamoamiz yuqori to'rtlik klublariga qarshi kechgan bahslarda g'alaba qozonolmay kelayotgandi, ko'proq durang natija qayd etayotgandik. Guvohi bo'lganinglardek, bugun yuqori to'rtlik vakili "Dinamo" klubini safarda mag'lub eta oldik. G'alaba har doim yoqimli bo'lgan. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, futbolchilarimiz biz maydonda qo'llashni istagan uslublarni tushunib etishmoqda. Tezkor gol o'yin xolatiga tasir ko'rsatdi albatta. Lekin yigitlar iroda ko'rsatgan xolda uchrashuvda g'alabani biz tomonga og'dira olishdi. Bugun etibor qaratgan bo'lsangizlar, biz himoyani yuqorida qo'yishga harakat qildik, pressing qo'lladik, ko'proq urg'uni hujumga qaratdik. Safarda o'ynashimizga qaramasdan bugun ikki hujumchi bilan o'ynadik. O'yin borasida jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim. To'g'ri, kamchiliklarimiz yo'q emas, bu borada muntazam ishlamoqdamiz.

Pressing uslubida o'ynash oson emas, yigitlar bugun juda ko'p ter to'kishdi. Ikkinchi bo'limni ham yomon o'tkazmadik, dastlabki daqiqalardanoq hujumkor o'yin namoyish etdik. Futbolchilarimizda oldingi tur uchrashuvlarida so'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli ruhiy bosim bor edi. Ikkinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida hisobni ushlab qolishga harakat qildik. Bu balki kimgadir vaqt cho'zishga o'xshab ko'ringan bo'lishi mumkin. Tanaffusda yigitlarga hujumkor o'yin namoyish etishga ko'rsatma bergandim. Baribir amaldagi ishni maydonda futbolchilar bajaradi. Yuqorida aytganimdek, yigitlardagi ruhiy xolat o'yinning so'ngi daqiqalarida himoyaviy o'yin uslubiga o'tib qolishimizga sabab bo'ldi. Biz hech qachon futbolchilarga vaqt cho'zish borasida ko'rsatmalar bermaganmiz. O'yinning sof vaqtini ko'paytirishga, muxlislar futboldan bahra olishlarini istaymiz. Uslubimiz ham, falsafamiz ham, umumiy aytganda g'oyalarimiz ham hujumkor futbolga qaratilgan.

- Uchrashuvdan oldin jamoangiz tarkibida yo'qotishlar bor edi. Javohir Sohibov, Dostonbek Meliqo'ziev, Bilolxon Toshmirzaev, Asliddin Toshtemirov. Ushbu futbolchilar o'rnini qanday to'ldirdinglar?


- To'g'ri takidladingiz, o'yindan oldin tarkibimizda juda jiddiy yo'qotishlar bor edi. Asosiy tarkib futbolchilaridan Javohir Sohibov, Dostonbek Meliqo'ziev, Bilolxon Toshmirzaev, Asliddin Toshtemirovlar biz uchun juda muhim bo'lgan futbolchilar edi. Lekin tarkibimizda har bir chiziqda raqobat shakllangan. Biz bir futbolchiga jamoaning o'yini bog'lanib qolmasligini taminlash bo'yicha ish olib bormoqdamiz. Futbolda jarohatlar, kartochkalar yoki boshqa sabablar bilan biron futbolchi maydonga tusha olmay qolsa, uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi hamisha topilishi kerak. Bugungi bahs uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular bugun namoyish etgan o'yinlari bilan qay darajada yaxlit jamoa sifatida shakllanganimizni ko'rsatib bera olishdi.

- Bu savolni sizga avval ham berishgan. Lekin o'yinlar borasida sizda bu boradagi fikr mustahkamlanganligi aniq. Murod Ismoilovning "Turon"da faoliyat olib borishi sizga qanday yordam bermoqda?

- To'g'ri, bu borada avval ham aytib o'tgandim, Murod Ismoilov jamoamizda tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. Biz u kishining ulkan tajribalaridan foydalanyapmiz, tegishli maslahatlariga amal qilib kelayapmiz. Jamoa uchun foydali inson, tajriba jihatidan ko'pni ko'rgan. Qiyin vaziyatlarda bizga o'z maslahatlarini berib kelmoqdalar.

- Istedodli yosh posbon Amal SHavketov 2-3 o'yindan buyon o'yin qaydnomasiga kiritilmayotganini sababi nima?

- Amal SHavketov elka qismidan jarohat olgan. Umid qilamizki, tez orada yosh posbonimiz safimizga qo'shiladi.

- "Dinamo"ga qarshi ishlab chiqilgan o'yin rejasiga raqibning penaltidan urgan tezkor goli qanday tasir qildi? Sizda bu borada V reja ham bor edimi?

- Biz hamma o'yinlarga bir xil daraja tayyorgarlik ko'ramiz, bugunga qadar hech bir jamoa uchun alohida uslub bilan tayyorlanayotganimiz yo'q. Bizdagi falsafa va qarashlar faqat va faqat hujumkor o'yin uslubiga qaratilgan. O'yindan oldin futbolchilarga tushuntirganmiz, PRO-Ligada g'olib chiqmoqchi bo'lsak, yuqori to'rtlik jamoalarini ham mag'lub etishimiz kerak. O'yinni ikkita hujumchi bilan boshladik. Garchi penaltidan tezkor gol o'tkazib yuborganimizga qaramasdan o'z o'yin uslubimizni o'zgartirmadik. Tinimsiz pressingni amalga oshirdik. Bilasiz, raqibning pressingiga qarshi har qanday jamoa qiynaladi, erkin harakat qilish imkoniyati juda pasayib ketadi.

- Oldinda jamoani "SHo'rtan"ga qarshi o'yin kutib turibdi. "Turon" PRO-Liga bahslarida hali "SHo'rtan"ni mag'lub etolmadi. Bo'lajak uchrashuv haqida nimalarni ayta olasiz?

- "SHo'rtan"ga qarshi ham doimgidek tayyorgarlik olib boramiz. To'g'ri, PRO-Ligada hali "SHo'rtan"ni mag'lub eta olmadik. SHuning uchun navbatdagi safar uchrashuvida bu jamoani mag'lub etgan xolda jamoamiz muxlislarini xursand qilmoqchimiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика