So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  81 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" AGMK maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" AGMK maydonida g'alaba qozondi

Teglar :  PaxtakorAGMK
Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi. 19-tur
AGMK — PAXTAKOR 0:2
15 sentyabr 2022 yil. Olmaliq, "OKMK" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorov, Doston Mirzaraimov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHohrux Said

Gollar: Alijonov, 54 (0:1), CHeran, 85 (0:2)

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 2.Akrom Komilov (22.SHohruh Gadoev, 73), 15.Giorgi Papava, 8.Abdulla Abdullaev (9.Dan Spataru, 73), 88.Ciyavash Haqnazariy, 17.Sanjar Tursunov (4.Mirjamol Qosimov, 87), 10.Xurshid G'iyosov (63.Alisher Jalilov, 82), 99.Mirjahon Mirahmadov (27.Martin Boake, 46)
Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov,13.Eldor Begimov, 16.Artyom Filiposyan, 19.Muhammadanas Hasanov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (42.Abbos Fayzullaev, 68), 10.Dragan CHeran (28.Diyor Xolmatov, 90+5), 13.Iliya Martinovich (23.SHerzod Azamov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov (5.Oleksandr Nasonov, 46), 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev, 88.SHahzod Azmiddinov.
Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 46.SHahriyor Jabborov, 63.Muhammadali O'rinboev, 77.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Alijonov (52), Abdullaev (66), Sayfiev (89)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90+5. CHeran o'rniga Xolmatov maydonga tushirildi.

90+3. CHeranda yana bir qulay vaziyat yuzaga kelgandi...

90+1. CHeran uzatgan to'pga Fayzullaev eta olmadi, aks holda yaxshi hujum bo'lardi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi,

89. Sayfiev Ahmadalievga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

88. CHeran Fayzullaev oshirgan burchak to'piga bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

87. CHeran dublga erishishi mumkin edi, Ergashev muqarrar goldan jamoasini qutqarib qoldi.

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! CHeran baribir o'z so'zini aytdi! Dastlab Papava noaniq pas berdi, so'ngra Ismoilov to'p uchun kurashda CHeranga yutqazdi, oqibatda Dragan xotirjam tarzda to'p bilan darvoza to'rini "savaladi".

84. Papavaning o'ng qanotdan uzatmasi Quvvatovga borib tushdi.

82. AGMKda o'zgarish: G'iyosov o'rniga Alisher Jalilov maydonga tushirildi.

81. Sianing o'ng qanotdan uzatmasiga hech kim etolmadi.

80. Brake Hamrobekovga nisbatan qoida buzdi.

77. Papavaning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi. Sayfievga tibbiy yordam ko'rsatildi.

76. Banashak katta tezlikda oldinga borayotgan CHeranga aniq uzatma bera olmadi.

75. Boake Spataruning o'ng qanotdan uzatmasini golga aylantira olmadi.

74. Ismoilov havodagi to'p uchun kurashda CHerandan ustun keldi.

73. AGMKda ikki o'zgarish: Dan Spataru Abdulla Abdullaev, SHohruh Gadoev Akrom Komilovni almashtirdi.

72. Fayzullaevning o'ng qanotdan uzatmasi Tursunovga tegib qaytdi.

70. CHeranning uzoqdan yo'llagan zarbasi himoyachining oyog'iga tegib, Ergashevning qo'llariga borib tushdi.

69. Banashak chaqqonroq harakat qilganda Sobirxo'jaevning pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.

68. "Paxtakor" safida o'zgarish: Turg'unboev o'rniga Fayzullaev o'yinni davom ettiradi.

66. Abdullaev Banashakka nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

65. Tursunov olis masofadan xavfli zarba yo'lladi, biroz noaniq.

64. Ismoilov CHerandan to'pni olib qo'ydi, keyin Siaga nisbatan qoida buzildi.

63. Ahmadaliev o'ng qanotdan Rahmonovni oldinga boshladi, uning markazga bergan pasi esa Boakega etib bormadi, Azmiddinov jonbozlik ko'rsatdi.

61. Sobirxo'jaev va Sayfiev uzatmalarda bir-birini tushunmadi.

60. Abdullaev Banashakni chiroyli aldadi, keyin esa Tursunov pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.

59. Sobirxo'jaevning uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi, so'ngra to'p uchun kurashda Azmiddinov shikastlandi.

58. Markazdan oldinga borayotgan Turg'unboevga nisbatan qoida buzildi.

56. Hamrobekov Ahmadalievning zarba yo'llashiga imkon bermadi.

54. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! AGMK maydonidagi palapartishlikdan Alijonov unumli foydalandi. Ushbu vaziyatda Sobirxo'jaevning xizmatlari ham beqiyos bo'ldi.

52. Alijonov Abdullaevning oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

52. Turg'unboev-Sayfiev-Nasonov kombinaciyasidan so'ng "Paxtakor" hujumchisi zarba bera olmadi.

51. CHeran raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi,

50. Komilovning burchandan uzatmasidan so'ng Tursu.nov noaniq zarba yo'lladi.

50. Sianing pasidan so'ng Boake xavfli zarba yo'lladi, Quvvatov o'z mahoratini namoyish etdi.

46. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar: AGMKda Mirahmadov o'rniga Boake, "Paxtakor" tarkibida esa Hamdamov o'rniga Nosonov, Maritonovich o'rniga Azamov maydonga tushdi.

46. AGMK ikkinchi bo'limni boshlab berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Hamdamovning uzatmasidan so'ng dastlab Turg'unboev chalqancha zarba yo'lladi, to'p raqib futbolchisiga tegib qaytdi, so'ngra Hamrobekovning zarbasi noaniq ketdi.

44. Papava Sobirxo'jaevni yiqitdi, jarima zarbasi.

43. "Paxtakor" burchak zarbasi ishlab oldi, "sherlar" Ahmadaliev to'pni qo'l bilan o'ynaganini aytishmoqda.

42. Mirahmadovga nisbatan Azmiddinov tomonidan qoida buzildi, standart vaziyat.

41. Sianing pasidan so'ng "Paxtakor" himoyachilari Ahmadalievga zarba bergani imkon berishmadi.

40. G'iyosov va Sia hujumda yana bir-birini tushunmadi.

39. Tursunov Alijonov bilan to'p uchun kurashda engdi va xavfli zarba yo'lladi, biroz noaniq.

37. "Paxtakor"ning burchakdan oshirgan to'pidan so'ng Azmiddinov bosh bilan zarba berdi, undan keyin to'pga tegingan sherigi ofsaydda edi.

36. Qanotdan oshirilgan to'pni Komilov bartaraf etdi, aks holda Turg'unboev yaxshi holatda turgandi.

36. Alijonovning qanotdan uzatmasini Rahmonov bartaraf etdi.

35. Tursunovning pasidan so'ng Mirahmadov yana zarba berishga to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi.

34. Mirahmadovning pasidan so'ng Sianing zarbasi kuchsiz chiqdi, eronlik futbolchi qulay nuqtada edi.

32. CHeranning zarbasini Ergashev egallab oldi. Qarshi hujumda esa G'iyosov va Sia bir-birini tushunmadi.

31. Alijonovning pasidan so'ng CHeran zarba yo'lladi, to'p Rahmonovga tegib qaytdi. 

30. Burchakdan uzatilgan to'pni Quvvatov qaytarib yubordi.

29. Mirahmadov zarba beradigan nuqtadan to'pni tepa olmadi, keyinroq esa G'iyosov burchak to'pi ishladi.

28. Komilovning chap qanotdan uzatmasini Quvvatov egallab oldi.

28. Alijonov va Komilov to'qnashib ketdi, "Paxtakor" futbolchisi aybdor deb topildi.

26. Tursunovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

25. "Paxtakor" chap qanotdan hujum tashkillashtirdi, Hamdamovning chap qanotdan uzatmasidan so'ng Banashak zarba berishga urinib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatli chiqmadi.

23. Hamrobekov hujum qilayotgan Siadan to'pni qoida buzmasdan olib qo'ydi.

23. Banashak ofsaydda qolib ketdi.

21. G'iyosovning pasidan so'ng Ahmadaliev zarba yo'lladi, Quvvatov o'z o'rnida.

20. Papavaning jarimadan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

19. Ahmadalievga nisbatan qoida buzildi, undan avvalroq esa to'p Martinovichning qo'liga tekkandek ko'rindi.

16. Hamrobekov-Hamdamov-Alijonov kombinaciyasidan so'ng Hojiakbar zarba yo'lladi, Ergashev to'pni egallab oldi, Banashak esa AGMK posboni bilan to'qnashib ketdi.

16. Papava va Mirahmadov bir-birini tushunmadi, aks holda AGMK hujumchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.

14. Tursunovning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

13. Akrom Komilovga nisbatan qoida buzildi. AGMKda standart vaziyat yuzaga keldi.

12. Sia o'ng qanotdan Tursunovni oldinga boshladi, Sanjarning markazga uzatmasiga Mirahmadov eta olmadi.

10. Sobirxo'jaev Alijonovni qanotdan oldinga boshladi, uning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

9.  Alijonov markazda G'iyosovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

8. Komilov boshlab bergan hujumni G'iyosovga chap qanotda davom ettirdi va markazga uzatma amalga oshirdi, Mirahmadovning bosh bilan yo'llagan zarbasi esa ancha noaniq ketdi.

7. Alijonovning hujumga uzatmasi Ergashevning qo'llariga borib tushdi.

6. Hamdamovning zarbasiga ham AGMK himoyachisi beli bilan darvozabonlik qilib yubordi.

5. Alijonov ikki raqibidan o'zib ketib, CHeranga pas berdi, Draganning zarbasiga olmaliqlik himoyachi blok qo'ydi.

4. Tursunovning erlatib tepgan jarima zarbasi raqib futbolchilariga tegib qaytdi.

3. "Paxtakor" jarima maydonida yonida jarima zarbasi belgilandi, Sia bu vaziyatda yiqitildi.

2. Hamdamov Ismoilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. Mehmonlar o'yinni boshlab berdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun AGMK to'q ko'k, "Paxtakor" esa oq-sariq rangli libosda harakat qiladi.

Turnir jadvali hozirda quyidagi ko'rinishga ega

Olmaliq shahrida miriqib futbol tomosha qiladigan ob-havo kuzatilmoqda.

Qosimov vs SHackix. AGMK - "Paxtakor" uchrashuviga prevyu

AGMK ikki yildan buyon Ahrol Risqullaev boshqargan o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Olmaliq shahrida bugun dramatik bahs guvohiga aylanamiz. Umid qilamanki, bugungi bahsning asosiy qahramonlari hakamlar bo'lib qolmaydi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика