So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Bugun "CA" Germaniyada "KOMM MIT" kompaniyasi bilan uchrashadi Yangiliklar

Bugun "CA" Germaniyada "KOMM MIT" kompaniyasi bilan uchrashadi

3 oy davom etgan muzokaralardan so'ng ikki tomon rahbarlari 29 noyabr kuni Bonn shahrida uchrashuv belgiladilar.

"KOMM MIT" kompaniyasi 1983 yilda tashkil etilgan bo'lib, Germaniya futbol Ittifoqi bilan hamkorlikda, 8 - 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Evropada turnir va festivallar tashkil etadi.

Kompaniya 7ta davlatda, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Germaniya, Gollandiya, Franciya va Avstriyada o'z turnirlarini o'tkazadi. Unda 30 mamlakatdan, 1300ta jamoa yil davomida "KOMM MIT"ning musobaqalarida ishtirok etadi.

"Championat.asia" tomonidan so'nggi ikki yilda o'tkazib kelinayotgan futbol festivallari va undagi jamoalar kompaniya uchun qiziq bo'ldi. Hozircha ikki tashkilot o'rtasida o'zaro hamkorlik borasida og'zaki kelishuvga erishilgan. Bugungi muzokaralardan so'ng u rasmiy ko'rinish oladi.

Unga ko'ra, "KOMM MIT" bilan hamkorlikda ishlaydigan jamoalar O'zbekistondagi musobaqalarda, "CA" bilan ishlaydiganlar esa Evropadagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

SHuningdek, Germaniyadagi safar davomida, Toshkentda nemis futbol andozasida futbol maktabini ochish borasida ham kelishuv bo'ladi. Xabaringiz bor, yoz oyida Germaniyaning SHlotxaym shahrida joylashgan "JFL" bolalar akademiyasi rahbari va katta murabbiy Toshkentda bo'lib, yurtimizda o'z filiallarini ochish niyatida ekanliklarini aytib o'tgan edilar. Mazkur loyiha mart oyida start oladi.

Rejaga ko'ra, yanvar oyidan 2006, 2007/08 va 2009/10 yillardan iborat uchta guruh uchun yosh futbolchilar uchun tanlov boshlanadi. Fevral oyining dastlabki ikki haftasida 4 nafar o'zbekistonlik murabbiylar Germaniyada o'z malakalarini oshirib qaytishlari ko'zda tutilgan.

SHuningdek, Namanganda ochilayotgan "Odil Junior" futbol maktabi ham nemis andozasi asosida ishlashi ko'zda tutilayapti. Bu boradagi yakuniy qaror, dekabr oyi so'nggida Odil Ahmedov va Namangan viloyatining mutasaddilari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvdan keyin hal bo'ladi.

22 dekabr kuni loyiha mualliflaridan biri Dilshod Qoriev "JFL" bolalar akademiyasi rahbariyati bilan hal qiluvchi muzokaralarni olib borish uchun SHlotxaymga tashrif buyuradi.

Bizni 2017 yilda qiziq loyihalar kutayapti, endi farzandlaringiz ham biz bilan!

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика