So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Transfermarkt va Championat.asia O'zbekiston Superligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.asia O'zbekiston Superligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

Ovoz berishda Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – "Sport" telekanali sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mart oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning boshchiligida jamoa O'zbekiston chempionatining dastlabki uch turida uchta g'alabani qo'lga kiritdi, to'plar farqi 7:2 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda OKMK Superligada peshqadamlik qilmoqda. Qosimov 47 foiz ovoz to'pladi, ikkinchi o'rinni 35 foiz bilan Vadim Abramov ("Dinamo"), uchinchi pog'onani esa 18 foiz ovoz bilan Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor") egalladi. Abramov va Zeytullaev jamoalari uch o'yinda ettitadan ochko to'plashdi.

Superliganing mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi "Bunyodkor" hujumchisi Luis Kachorri bo'ldi. Italiya fuqaroligiga ham ega bo'lgan 27 yoshli albaniyalik futbolchi uch turda to'rtta gol urib, 65 foiz ovozga ega bo'ldi. O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida hozirda Kachorri peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni uch o'yinda ikkita to'p kiritgan OKMK vingeri Nodir Abdurazzoqov (17 foiz) va uchinchi pog'onani uch o'yinda darvozasini daxlsiz saqlagan "Dinamo" posboni Ravshan Yagudin (12 foiz) band etdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика