Mareska "Chelsi"ning yangi transferini anons qildi
16 iyu 2025 19:00
Yangiliklar
Mareska "Chelsi"ning yangi transferini anons qildi
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska jamoaga tez orada yangi o'yinchilar qo'shilishini aytdi.
"Ko'klar" Jeydon Sanchoni "Manchester Yunayted"dan sotib olishdan voz kechib, u bilan xayrlashdi. Anglyalik futbolchining o'rniga boshqa birov bilan bitim imzolanishi kutilmoqda.
"Yangi vinger? Albatta, yangilik sodir bo'ladi. Jeydon ketdi, endi bizda faqat 3 nafar to'laqonli vinger qoldi", – dedi Mareska.
"Chelsi" bugun tunda Klublar o'rtasidagi JCH guruh bosqichi 1-turida "Los-Anjeles"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Premer-liganing o'tgan mavsumida Enco Mareska jamoasi to'rtinchi o'rinni egallagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar