So’nggi yangiliklar

19:07Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  0 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  6 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  1 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Muxlislarga maslahat va tanqidlar haqida (3-qism) Yangiliklar

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Muxlislarga maslahat va tanqidlar haqida (3-qism)

MTJ sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov bilan uchrashdi.

Suhbatning dastlabki qismlari:

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Ilk hissiyotlar va saralash bosqichi haqida

Srechko Katanec bilan samimiy suhbat. Mundialga tayyorgarlik va saralashdagi raqiblar haqida (2-qism)


- O'zing JCHdan nimalar kutyapsan? Terma jamoa qanday natija qayd etsa, sening nazmingda yaxshi ishtirok bo'ladi? (Srechko Katanecdan savol)

- Qanday natija kutishni bilmayman. Biz bunday musobaqada birinchi marotaba ishtirok etamiz. Bilmadim, to'g'risi, bu savolga aniq javob bera olmasam kerak. Guruh bosqichida munosib ishtirok etsak, yaxshi natijadek qabul qilinsa kerak. Agar guruhdan chiqsak, ajoyib va fantastik ishtirok bo'ladi.

- Men barcha o'zbekistonlik futbol muxlislariga bir narsani maslahat beraman. Terma jamoadan hech nima kutmanglar. Shunchaki ilk marotaba Jahon chempionatida ishtirok etayotganlaringizdan rohat olinglar. Birinchi ishtirok katta natija qayd etish oson emas. Jarayondan rohatlaning. Qanday natija qayd etilishi juda ko'p faktorlarga bog'liq, masalan, qaysi jamoalar bilan guruhda o'ynash va boshqa minglab sabablar. Jahon chempionatini rohatlanib yashab o'tinglar. Qatar terma jamoasi o'zi mezbonlik qilgan JCHda qanday ishtirok etdi? (Srechko Katanec)

- Barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldi va bor-yo'g'i bitta gol urdi.

- Xuddi shunday. Ular Jahon chempionatiga bir yil davomida tayyorgarlik ko'rishdi va bir yil davomida yig'inlarda ishtirok etishdi. Terma jamoa futbolchilari mahalliy chempionat bahslarida maydonga tushmadi. Barcha etibor mundialdagi ishtirokka qaratildi. Yakunda esa bunday natija va bu normal holat. Dastlabki ishtirokda bunday natijalar qayd etilishi tabiiy.. Bu endi boshlanishi degani. Qatar misoliga qaranglar va terma jamoadan ko'p narsa talab qilmanglar.  (Srechko Katanec)

- Umuman olganda uchinchi saralash bosqichi haqida nimalar deya olasiz. Siz kutgan terma jamoalar mundialga yo'l olishdimi?

- Ko'p kuzatganim yo'q. Har doim JCHga chiqib yurgan Yaponiya, Avstraliya va Koreya bu safar saralashdan o'ta olishdi.  (Srechko Katanec)

- Iordaniya ham o'z tarixida ilk marotaba Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi. Iordaniya Iroq bilan bir guruhdan joy olgan edi va ular o'rtasida juda keskin raqobat bo'ldi.

- Ha, Iroq endi pley-off bahslarida ishtirok etadi.  (Srechko Katanec)

- Terma jamoaning so'nggi 3ta uchrashuvda o'zgarishlar ko'rdingiz. Jamoani tark etganingizdan so'ng o'yin uslubi bo'yicha qandaydir yangilik sezdingizmi?

- Yana o'sha mavzu-mi? Deyarli o'zgarish bo'lmadi. Sababi o'zgarish qilish uchun vaqt yo'q edi. Men senga bir narsani aytay, sizlar O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlaysizlar, terma jamoa qaerda o'ynasa o'sha manzilga etib borasizlar. Bu yaxshi. Terma jamoadan yorqin va hujumkor o'yin talab qilasizlar. Bu har doim ham to'g'ri emas. Futbolda vaziyatni his qila olish kerak. Meni jurnalistlar ko'p tanqid qilishdi. Terma jamoa namoyish etayotgan o'yin himoyaga asoslangani uchun. Mening nazarimda, hayotda barchasi masuliyat ustida quriladi. Futbolda ham shunday. Jamoaning masuliyati g'alaba qozonish yoki kerakli natijani qayd etish. Kerakli natija qanday yo'l bilan qayd etiladi, uning qizig'i yo'q. G'alabaga erishish uchun esa hujumchilar o'z masuliyatiga javobgar bo'lishi kerak. Yani raqib darvozasini ishg'ol etish. Himoyachilar esa darvoza daxlsizligini saqlab qolish va vaziyatlarni bartaraf etish. Mening masuliyatim esa ushbu jamoani tayyorlash. Hammasi juda oddiy. G'alaba qozonish uchun gol urilishi kerak, lekin undan ham muhimroq vazifa - gol o'tkazib yubormaslik.

Jurnalist sifatida senda ham juda katta masuliyat bor. To'g'ri malumot etkazish va har qanday vaziyatda neytral bo'lish. Barchamiz masuliyatni his qila olishimiz kerak. Barcha muxlislar yorqin futbol ko'rishni xohlaydi, lekin vaziyatga real nazar bilan qarash kerak. Agar men o'z jamoam raqibdan bitta ko'proq gol urishiga to'liq ishonch hosil qilganimda, zaxira o'rindig'idan turmay o'yinni kuzatgan bo'lar edim. Masalan, raqib beshta gol ursa, biz oltita gol urishimiz talab etiladi. Agar bu ishni har doim uddalay olsak, unda muammo yo'q. Eng yorqin jamoa biz bo'lamiz. Masalan, faqatgina Ispaniya va Franciya terma jamoalar shunday tarkibga ega bo'lsa kerak, xolos.

Men 2019 yildagi Toshkentdagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan turib kuzatganman. O'sha uchrashuvda O'zbekiston juda yorqin va hujumkor o'yin namoyish etgan edi. Bir savolga javob ber, iltimos. Uchrashuv qanday hisob bilan yakunlangan edi?  (Srechko Katanec)

- 3:2 Saudiya foydasiga.

- Ha, lekin o'shanda O'zbekiston terma jamoasi yorqin va ochiq futbolni tanlagan edi. Har qanday vaziyatni to'g'ri baholay olish kerak. Bu juda muhim narsa. Bir g'oyaga bog'lanib qolish noto'g'ri.  (Srechko Katanec)

- Bilasizmi, mening fikrimcha, xorijlik murabbiylarning ko'p tanqidga uchrashi bir tomondan to'g'ri. Muxlislar va omma fikriga ko'ra, xorijlik murabbiy mahalliy murabbiylardan ancha kuchli bo'lishi va terma jamoani haqiqatdan ham kuchaytira olishi kerak. Chunki biz xorijlik murabbiyga yaxshigina maosh to'laymiz. Murabbiyning maoshi esa oddiy insonlar to'layotgan soliqlardan to'lanadi...

- Xorijlik murabbiy jamoani kuchaytira olishi degan fikr bahsli. Bu qanday murabbiy tanlashga bog'liq. Maydonda futbolchilar harakatlanadi. To'g'ri, murabbiy ko'rsatma va taktikani belgilab berishi mumkin, ammo maydondagi epizodda futbolchi yakuniy qarorni qabul qiladi. Yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan hujumchi qanday zarba berishiga men tasir o'tkaza olmayman. U xohlasa, so'nggi soniyada qarorini o'zgartirishi va boshqacha zarba berishi mumkin. Penaltilar ham shunday. Futbolchilar - asosiy ijrochilar. Dunyodagi eng yaxshi murabbiy taklif etilsa ham barchasi maydondagi futbolchining yakuniy qarori va harakatlariga bog'liq.  (Srechko Katanec)



Davomi ertaga...


Reyting: +3   

Fikrlar

+5   
16 iyu 22:00:48
ALI MOON
Санлар бир интервью олмагин экан вай бля нихуя карис сериаллари хам бунчалик давом этмаса керак
+4   
16 iyu 21:26:05
Xojiakbar
Santa Barbara
+2   
16 iyu 21:32:19
Futbol Uchun
Нечанчи серияга келдик адашиб кетдим.
+2   
16 iyu 21:27:22
Фарход
Мистер Катанец га катта рахмат йигитларни рухлантира олди ва узига ишончни оширди
+1   
16 iyu 22:56:36
антакия
Менимча бу ростдан қилинган интервью суҳбат эмас просто ўйлаб топилган прикол нарса
+1   
16 iyu 21:52:39
Husniddin_LFC
20 qismlar boʻladimi deyman bitta intervyu
+1   
16 iyu 21:39:12
Фарход
Абдулвосит ука ( узр мумкин ака мумкин хамёшдирмиз, 55 ёшда ман ) Сизга зарилми шунча ёмон коментларни укиш, барбирам хавола килдингиз маколангизни, шуни бирваракайига бугунги число билан чикарсангиз булардику. Куриб билиб утирибсиз ишкибозлар кайфиятини, мистер Катанецни хозирда гап -сузларини мухлисларга кизиги жуда юкорилигини. Рахмат маколалрингизга ю, лекин резинка киб юборганингиз чаток. Хафа буманг тагин
+1   
16 iyu 21:37:22
Davronbek Abduvaliev
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанец тўғрисида китоб ёзса ҳам арзийди!
Албатта, у бунга арзийди. Катанец яқин тўрт йил давомида Миллий терма жамоамизни, аниқ битта мақсад ЖЧ финал босқичида иштирок этиши учун, хазиллакам харакат қилмади.
+1   
16 iyu 21:32:57
Маратик
Хаммаси учун рахмать,мистер Катанец
+1   
16 iyu 21:28:58
jamshid rakhmonov
Катанец тўғрисида китоб ёзса ҳам арзийди!
   
17 iyu 07:01:19
Bu shunchaki o'yin
"O'zi bilan o'zi" serialimi bu, o'zi bilan gaplashib yotibdiku
   
17 iyu 06:21:52
Baxtigali Adilov
Дикая роза
   
16 iyu 23:58:18
Nurillo
Ишани
   
16 iyu 23:57:35
Qirol_002
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Комментдагилар чичворларинг, оғзингда сўска билан балет қиласизлар! Футбол "Ф" харфини тушунмасдан Катанеци нима қилганини билмайсизлар.
Ha shunday. Sani qatingga itarganini biz qattan bilamiz. Yedingmi qisib yur
   
16 iyu 23:20:28
BXZ BXZ
Жч бошлангунча сериал давом этади биз мухлислар зерикиб колмаслигимиз учун .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика