So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Jamshid Boltaboev chindan ham "Neftchi" bilan kelishib oldimi? Futbolchining o'zi javob berdi Yangiliklar

Jamshid Boltaboev chindan ham "Neftchi" bilan kelishib oldimi? Futbolchining o'zi javob berdi

Bugun "Championat.asia"da "Navbahor" yarim himoyachisining Jamshid Boltaboevning "Neftchi" bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar chiqarilgan edi.

Eshitdik-da! "Neftchi" Alijonovga qiziqish bildiryapti, Boltaboev kelishib bo'ldi

Saytimiz xodimlari futbolchining o'zi bilan bog'lanishdi va bu jarayon yuzasidan uning fikrlari bilan qiziqishdi.

Eslatib o'tamiz, Boltaboevning Namangan klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabriga qadar kuchda bo'ladi.

- "Neftchi" jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishganingiz qanchalik rost?

- Faqatgina "Neftchi"dan emas, yana bir nechta klublardan takliflar bor. Lekin, hali hech kimning taklifini qabul qilmadim. CHunki, birinchi navbatda "Navbahor"ni kutyapman. Klubni keyingi rejalari qanday bo'lishiga qarab qaror qabul qilaman. Bu erda 2-3 yil o'ynadim va o'zim ham Namanganda biror sovrin yutishni xohlardim, bu kubokdagi g'oliblik bo'ladimi yoki chempionlik, farqi yo'q. Bu erdan biror sovrin bilan ketishni xohlardim. SHu bois jamoaning kelajakdagi rejalaridan kelib chiqib takliflarni ko'rib chiqmoqchiman.

- Takliflar orasida "Lokomotiv"dan ham chorlov bormi? Har holda Samvel Babayan sobiq ustozingiz.

- Ha, "Lokomotiv"dan ham taklif bor.

- U taklifni rad etdingizmi?

- Yo'q, hali hech bir taklifni rad ham etmadim, qabul ham qilmadim.

- Xorijga ketish varianti ham bormi sizda?

- Vakillarimga xorijdan ham variantlar qidirib ko'rishni aytganman, lekin yakunda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.


 Malumot uchun, Boltaboev 2022 yilning iyun oyidan beri "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda. SHu kungacha u "lochinlar" safida 8ta gol urib, 16ta assist qayd etgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика