Mbappe - 2025 yilning eng yaxshi penaltichisi
06 jan 11:22
Yangiliklar
Mbappe - 2025 yilning eng yaxshi penaltichisi
Franciyalik futbolchi 11 metrli belgidan nechta gol urdi?
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yilning eng yaxshi penalti ijrochisi deb topildi. Bu haqda Transfermarkt xabar bermoqda.
Franciyalik futbolchi yil davomida barcha musobaqalarda, jumladan, milliy terma jamoa safida ham, penaltidan 16 ta gol urdi. Bu — Evropaning 10 ta ligasidagi futbolchilar orasida eng yuqori ko'rsatkich.

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Mbappedan atigi ikki aniq zarbaga ortda qoldi — uning hisobida 14 ta gol bor. "Benfika" forvardi Vangelis Pavlidis 13 ta gol bilan uchinchi o'rinni egalladi.
"Real Sosedad" vingeri Mikel Oyarsabal "nuqta"dan 11 ta zarbani aniq ijro etdi. "Arsenal" hujumchisi Viktor Gyokeresh va "Portu" forvardi Samu Agexova esa 10 tadan penaltini golga aylantirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar
Bu yerda sasiyotgan messiqullar okalaring penaltidan eng koʻp xato qilganini ham bilasanlarmi(%hisobida)