So’nggi yangiliklar

13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  0 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  14

Farhod Nishonov: "Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni o'zgartirib yubordi, faqat yomon tomonga" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni o'zgartirib yubordi, faqat yomon tomonga"

Pro-liganing 9-turida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Olimpik-Mobiuz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Muxlislarbop yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq bulardan gol ura olmayapmiz. O'yinning boshini juda yomon boshladik va oxirida tajribasizlik qildik. Shuni hisobiga gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda barchasi reja ostida o'tdi. Lekin omad "Lokomotiv"ga kulib boqdi.

- Jamoangizning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- To'g'risini aytaman, jamoamning o'yinidan qoniqmadim. Hozirgi futbolda zaxira futbolchilarisiz hech bir jamoa chempionlikni qo'lga kirita olmaydi. Bugun bizning zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni o'zgartirib yubordi, faqat yomon tomonga.

- Turdan turga ko'ryapmizki, Superligaga chiqishga kurash kuchaymoqda. "Olimpik-Mobiuz" esa oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'ygan ko'rinadi.

- Chempionlikka erishishimiz uchun hamma narsamiz bor, sharoitlar yaratilgan. Yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun bundan ortiq sharoit bo'lmaydi. Bizning maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish, futbolchilarda g'oliblik ruhini tarbiyalash. O'zbekiston terma jamoasiga zaxira futbolchilarini etkazib berish. Bu o'yinni esdan chiqarib, keyingisini o'ylaymiz. Hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. "Lokomotiv"ni taqib qilamiz. Ularning bo'shashishiga yo'l qo'ymaymiz. Maqsadimiz Superligaga chiqish, bu uchun barcha ishni qilamiz.

- Bu tarkib keyingi Olimpiada o'yinlariga tayyorlanadigan tarkibning o'zagimi?

- Shunaqa desak bo'ladi. Bu tarkibda Olimpiada yoshi bo'lgan 2005, 2006 yilda tug'ilgan futbolchilarni yig'ganmiz, mana 2007 yillarni ham tarkibga jalb qilyapmiz. Bizda vaziyat sal boshqacha. "Olimpik" loyihasi bizda ham davom etyapti. Buning uchun sharoitlar yaratilgan. Lekin asosiy futbolchilarimiz Superligada o'ynamoqda. Superligada o'ynayotgan futbolchilarga tegmayapmiz. Oldingi "Olimpik"da eng zo'r futbolchilar yig'ilgandi. Bizda esa vaziyat boshqacha. Agarda futbolchilarimga Superliga jamoalaridan takliflar bo'lsa, ularni qo'yib yuboramiz. Ularning o'rniga boshqa futbolchilarni tayyorlaymiz.

- "Lokomotiv"ga qarshi birinchi o'yindan farqli ravishda jamoa boshqacha, sekinroq o'ynadi. O'sha o'yinga qaraganda rejalar qanchalik o'zgardi?

- Rejalar o'zgarmadi. Buni charchoq alomatlari deb o'ylayman. Kamiga issiq bo'ldi. FIFA kunlarida bir qancha futbolchilar terma jamoaga jalb qilingandi. Bu o'z so'zini aytdi. Asosiy futbolchilarimiz tiklana olmagan, bu ko'rinib turibdi. Barchasi charchoq alomatlari bilan bog'liq deb o'ylayman.


Reyting: -4   

Fikrlar

   
17 iyu 10:03:37
DRAKON
Россия ешларидан қарсилатиб 6 тани йеб УЗБ футболи обрусини ер билан битта қилган латта мурабий шумиди
   
17 iyu 08:45:30
Shovruq88
oʻsha larni termaga san qoʻshmaganmiding?!?!Nega endi boshqalarni ayblayapsan!?Nimaga Islombek natija qoldiku!?San nimaga qilolmaysan aytaymi?!Chunki yoʻq deyolmayman!Sani yoʻq demasliging uchun trener qilishgan !Qoʻgʻirchoq trener!Shunday qorachiq trener va tanish bulishlikni deb 34 yil kutdik jchga chiqishni
   
17 iyu 08:10:49
شرزاد
Umuman taktika saviyasi yuq trener U 20 mani ham dabdala qilgan ximoyasi yuq terma jamoa qurgan faqat Urinboyev o'ynab berga yuqotilar bunaqa trenerni Chigadoyev bn birga xaydash kerak.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика