Valeriy Kichin: "Halol o'yin bo'lishini istardim"
06 sen 2025 08:03
Yangiliklar
Valeriy Kichin: "Halol o'yin bo'lishini istardim"
Kechagi uchrashuvdan so'ng Qirg'iz Respublikasi sardori Valeriy Kichin o'yin haqida fikr bildirdi.
– O'yin haqida
– To'g'risini aytsam, bu haqda gapirmaganim yaxshiroq. Halol o'yin bo'lishini istardim.
– Sizga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatni izohlay olasizmi?
– Bosh hakam VAR hakamlari bilan suhbatlashganidan keyin ham o'z qarorini o'zgartirmadi. Maydonda eshitganimizdek, VAR boshqa qarorni tavsiya qilsa-da, hakam o'zi bilganidek qaror qabul qildi. Men to'pga tekkanimni bilaman va bu qizil kartochka berilishiga loyiq holat emas edi.
– Joriy yilning mart oyida ham O'zbekistonga qarshi o'yinda jamoadoshingiz Said Daciev maydondan chetlatilgandi.
– Bu erda qizil kartochka olish qandaydir qonuniyatga aylanib qolganday. Afsuski, hamma narsa bizga bog'liq emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar