So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"CAFA Nations Cup-2025". O'zbekiston terma jamoasi 13 yildan so'ng Eronni yutdi va turnir g'olibiga aylandi Yangiliklar

"CAFA Nations Cup-2025". O'zbekiston terma jamoasi 13 yildan so'ng Eronni yutdi va turnir g'olibiga aylandi

"CAFA Nations Cup-2025" musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"CAFA Nations Cup-2025". Final. 

O'zbekiston - Eron 1:0 (TUGADI)

Toshkent. "Olimpiya" stadioni. 

Gol: Xojiakbar Alijonov (Muhammadqodir Hamraliev) 120, 1:0

Hakamlar: Nurzatbek Abdikadirov, Kanat Mirsabekov, Nurali Abdunabiev, Zainiddin Alimov (Qirg'iziston)

VAR: Gulmurodi Sadullo, Ismoil Nuraliev (Tojikiston)

O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov (35. Vladimir Nazarov, 54), 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Otabek Shukurov (6. Akmal Mozgovoy,80), 9. Odil Hamrobekov ( 8. Jamshid Iskanderov,80), 14. Eldor Shomurodov, 19. Aziz Turg'unboev ( 21. Igor Sergeev, 46), 22. Abbos Fayzullaev, 23. Husniddin Aliqulov, 27. Dilshod Komilov (30. Alibek Davronov,101), 31. Ruslan Jiyanov (11. Oston O'runov, 46)

Zaxira: 16. Botirali Ergashev,  24. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 20. Hojimat Erkinov, 17. Abdurauf Bo'riev,  10. Azizjon G'aniev,  4. Farruh Sayfiev

Eron: 1.Payam Niazmand, 18.Ariya Yusufi, 13.Muhammad Kanani, 20.Orif Agasi, 5.Ali Nemati, 26.Muhammad Gorbani (15. Ruzbeh Cheshmi, 46), 21.Omid Nurafkon, 14.Saman Goddos (7. Alirizo Jahonbahsh,66), 27.Muhammad Mohebbi, 24.Shahriyor Moganlou ( 9. Mehdi Taremi, 30), 10.Amirhussayn Hussayinzoda (23. Ramin Rizoyan, 15)

Zaxira: 4. Mohammad Amin Hazbavi,  8. Ali Alipugara,12. Ahmad Gohari, 16. Mahdi Rahimabadi, 19. Majid Aliyari, 22. Nima Mirzadad, 25. Muhammad Mohibi, 28. Sayid Abolfazl Jaloli

Ogohlantirish: Ramin Rizoyan (Eron) 21, Abbos Fayzullaev (O'zbekiston) 72,  Xojiakbar Alijonov (O'zbekiston) 89

Chetlatish: Ariya Yusufi (Eron) 5,

Noaniq penalti: Eldor Shomurodov 105+4

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. G'alabaaaa!

120. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. NIHOYAYAYAYAYAT. XOJIAKBAAAAAR ALIJONOOOOOOOV. Hamralievning uzatmasini Alijonov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. G'alabaga yaqinmiz. 

118. So'nggi daqiqalar, hujumlar, gol yo'q. 

115. Afsuski, hujumlardan naf chiqara olmayapmiz. Penaltilar seriyasi ko'ramiz shekilli.

Ikkinchi ekstra-taymlar boshlandi. 

105+4. Eldor Shomurodov 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba yo'lladi. 

107. Hakam Eron darvozasiga penalti belgiladi. Oston O'runov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. VAR ko'ryapti. 

105. Birinchi ekstra-taymlarga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

104.  ZARBA. Oston O'runovning zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytardi. 

101. O'ZGARISH. Dilshod Komilov o'rniga Alibek Davronov tushdi. 

98. Raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratishga urinib ko'rdik. Samarasiz. 

Birinchi ekstra-taymlar boshlandi. 

Asosiy daqiqalar yakunlandi. Ekstra-taymlar ko'ramiz. 

90+5. Eron darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi, VAR yo'q dedi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Qizil kartochka bekor qilindi. O'rniga sariq kartochka ko'rsatildi. Mana shunday gaplar bizda. 

90. Hakam VARda vaziyatni ko'radi. 

89. CHETLATISH. Xojiakbar Alijonov, O'zbekiston!

87. ZARBA. Aliqulovning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi.

80. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Shukurov o'rniga Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi. 

75. Hakam VARda vaziyatni ko'rganidan so'ng penaltini bekor qildi. Yana nima kerak?

73. PENALTI. O'zbekiston darvozasiga! Ana shunday gaplar. VAR ko'riladi. 

72. OGOHLANTIRISH. Abbos Fayzullaev, O'zbekiston.

66. VAR: Penalti yo'q. 

65. Penalti tepishimiz mumkin. VAR tekshirmoqda. Abbosga jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatildi. 

57. Oldinga yurishlarimiz samara keltirmayapti. Oldinda tezlik qo'shishimiz kerak. 

54. O'ZGARISH. O'tkir Yusupov o'rniga Vladimir Nazarov tushdi. 

53. O'tkir Yusupov jarohat oldi. U almashtiriladi. 

46. O'ZGARISH. O'zbekiston, Azizbek Turg'unboev o'rniga Igor Sergeev, Ruslan Jiyanov o'rniga Oston O'runov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+7. Tanaffus!

45. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

42. Imkoniyatlarimiz bo'lyapti. Foydalana olmayapmiz.

41.ZARBA. Abbos Fayzullaevning jarima maydonchasi ichida darvozaga boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

37. O'yinda temp pasaydi.

30. O'ZGARISH. Eron, Shahriyor Moganlou o'rniga Mehdi Taremi tushdi.

27. Ustunlik to'liq terma jamoamizda. 

27. ZARBA. Aliqulovning kuchli zarbasi xavfli chiqdi. Forslar posboni to'pni qaytardi. 

26. Eronlik futbolchi Orif Agasiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

24. Bosh hakam Eron murabbiylaridan biriga sariq kartochka ko'rsatdi. U hakamga etiroz bildirgandi.

22. ZARBA. Avval Alijonov, keyin darvozabondan qaytgan to'pni Jiyanov darvozaga zarba yo'lladi. 

21. OGOHLANTIRISH. Eron, Ramin Rizoyan

18. Darvozabonning xatosidan so'ng terma jamoamiz azosida gol urish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. 

15. O'ZGARISH. Eron, Amirhussayn Hussayinzoda o'rniga Ramin Rizoyan tushdi.

12. VAR: Yo'q, penalti!

11. Eronlik futbolchi jarima maydonchamiz ichida yotgandi. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi. VAR vaziyatga aralashgan.

5. CHETLATISH. Ariya Yusufi maydondan chetlatildi. 

3. Hakam VAR monitori oldiga yo'l oldi. Eronlik futbolchi Ariya Yusufi Fayzullaevga nisbatan qo'pol o'ynagan, qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin.

1. Abbos Fayzullaevning chap qanotdan uzatib bergan to'piga birinchi bo'lib forslar darvozaboni chiqib keldi va egallab oldi.

- O'yin boshlandi. 

- Ikki davlat madhiyalari yangradi

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda.

Reyting: -71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика