"Atletik" futbolchisi antidoping qoidasini buzgani uchun 10 oyga diskvalifikaciya qilindi
09 sen 2025 13:40
Yangiliklar
"Atletik" futbolchisi antidoping qoidasini buzgani uchun 10 oyga diskvalifikaciya qilindi
Ispaniyaning "Atletik" futbol klubi himoyachisi Yeray Alvares antidoping qoidalarini buzgani uchun 10 oyga diskvalifikaciya bo'ldi.
Bu haqda Evropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o'tgan mavsum Evropa Ligasining birinchi yarim final uchrashuvidan so'ng Alvares doping-test topshirgan va bu musbat natija ko'rsatgan. Doping namunasida taqiqlangan kanrenon moddasi aniqlangan.
Chetlashtirish muddati vaqtinchalik to'xtatib turish boshlangan kun – 2 iyundan boshlab hisoblanadi. Diskvalifikaciya 2026 yil 2 aprelda tugaydi.
Alvares 30 yoshda, u 2016 yildan buyon "Atletik"da o'ynamoqda. Jamoa tarkibida 2024 yilda Ispaniya Kubogi g'olibi, 2021 yilda esa mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar