Dibala Rim derbisida Genduzi bilan janjal haqida: "Bu francuzning tili uzun"
16 iyu 22:14
Yangiliklar
Dibala Rim derbisida Genduzi bilan janjal haqida: "Bu francuzning tili uzun"
2024 yil aprelida "Lacio" va "Roma" o'rtasidagi o'yinda francuz va argentinalik o'yinchilar o'rtasida mojaro kelib chiqdi, bu vaqtda Genduzi Dibalani tomog'idan ushlab oldi. Sheriklari ularni ajratib qo'yganidan so'ng, ikkala futbolchi hakamga yaqinlashdi. Dibala egilib, undagi jahon kubogi bilan tushgan surati aks etgan qalqonni olib, raqibiga ko'rsatdi. Eslatib o'tamiz, Argentina 2022 yilgi JCH finalida Franciyani mag'lub etgan edi (3:3, penalti – 4:2).
"Bu francuzning tili uzun, u yosh o'yinchilarni bezovta qiladi. Bu yigit biznikilarga: "Men sizlarga chipta sotib olaman va uyingizga jo'nataman", – deb aytardi. Masalan, Sule o'tgan mavsumda "Frozinone"da o'ynagan va bizga u (Genduzi): 'Men senga chipta sotib olaman, sen Argentinaga qaytasan", – deb aytganini gapirib bergan.
Bu meni rostdan ham g'azablantirdi, maydonda undan o'ch olishni xohlardim. Men aytadiganimni aytdim. Keyin yaqinda jahon kubogi surati bilan qalqon olganimni esladim va oyog'imdagini olib, unga ko'rsatdim. Genduzi hech narsa demadi", – deb hikoya qildi Dibala Serxio Agueroning La Casa del Kun podkastida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar