Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 15:35
"Fenerbaxche"ning 33 yoshli hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi safidagi faoliyatiga nuqta qo'yganini ma'lum qildi.

U ijtimoiy tarmoqlarda ta’sirli xayrlashuv maktubini yozib qoldirdi.

"16 yil. Shu 16 yil davomida men milliy terma jamoaga bor kuchimni berdim… Menimcha, barcha mumkin bo'lgan his-tuyg'ularni boshdan kechirdim… Ajoyib jamoadoshlar bilan birga o'ynash nasib etdi, ulardan doimo minnatdor bo'laman. Barchaga rahmat aytmoqchiman…

Shuningdek, meni olg'a undagan va menga ishonib, jamoaga foyda keltirishimga imkon bergan barcha murabbiylarga ham tashakkur bildiraman… Bu go'zal yo'l bo'ldi va men uning har bir lahzasidan zavqlandim.

Jamoamizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun belgiyalik muxlislarga rahmat… To'rtta Jahon chempionati va uchta Yevropa chempionatida o'z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman…

Bu lahzalarni hech qachon unutmayman. Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim - ko'nglim xotirjam. Bu ajoyib bo'ldi. Bu zo'r bo'ldi. Minnatdorman. Rahmat", – deb yozdi Lukaku ijtimoiy tarmoqlarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports