

Manbaga ko'ra, 33 yoshli hujumchi shaxsiy shartnomasining moliyaviy shartlarini deyarli kelishib olgan. Klublar yaqin soatlarda to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarni boshlashga tayyor.
Italiya matbuotiga ko'ra, "Napoli" markaziy hujumchi uchun 10 million evrolik taklifni qabul qilishga tayyor. Shuningdek, unga “Atlanta”, "Monako" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirgan.
Lukaku 2025/26 yilgi mavsumda "Napoli" safida barcha musobaqalarda 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Hujumchi jarohati tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali Lukaku narxini 6 million evroga baholamoqda.



