Virc juma kuni yangi klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tadi
16 iyu 21:45
Yangiliklar


Virc juma kuni yangi klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tadi
Florian Virc hafta oxirida "Liverpul"ga transferdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Sky Sports malumotlariga ko'ra, "Bayer" va Germaniya terma jamoasining 22 yoshli yarim himoyachisi juma kuni Liverpulda tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. U shu haftada tatili tugaganidan so'ng Buyuk Britaniyaga uchib ketadi.
Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" Virc uchun 100 million funt sterling kafolatli to'lov qiladi, yana 16,5 million funt bonuslar sifatida to'lab beriladi.
Florianning maoshi bonuslarga qarab yiliga 10,2 dan 12,7 million funtgacha bo'ladi. Bu haftasiga 195 000 dan 245 000 funtga to'g'ri keladi.
2024/25 mavsumda Virc Bundesligada 31 o'yinda 10 gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar