Championat.asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
06 may 14:00
Yangiliklar


Championat.asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
So'rovnomada Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – "Sport" telekanali sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra Ro'ziqul Berdiev Superliganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning boshchiligida "Nasaf" 4 o'yinda 4 ta g'alabaga erishdi, to'plar farqi – 12:2. Berdiev 58% ovoz to'plagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni egallagan Ilyos Zeytullaev 32% ovoz to'pladi. "Bunyodkor" uning qo'l ostida yakunlangan oyda 4 o'yin o'tkazib, 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi.
Superliganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi "Paxtakor" forvardi Igor Sergeev bo'ldi. U Superliga 5 o'yinida "gol+pas" tizimida 5+2 ochko jamg'ardi. Sergeevga 68% inson ovoz berdi, uning eng yaqin raqobatchilari esa bor-yo'g'i 10% ovozga ega bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar