Zidan Fransiya terma jamoasida o'zi va Mbappe o'rtasidagi ziddiyat haqidagi mish-mishlarni ilk bor izohladi

15 noya 2026, 08:35
"Real" forvardi Kilian Mbappe Millatlar ligasi 6-turidan o'rin olgan Fransiya va Turkiya o'rtasidagi o'yinda ishtirok eta oladi.

Buni francuzlar bosh murabbiyi Zinedin Zidan tasdiqladi. Mutaxassis, shuningdek, futbolchi bilan o'rtasidagi ziddiyat haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Mbappening borligi hamma narsani o'zgartiradi. Albatta, u yo'qligidan ko'ra, biz bilan birga bo'lgani yaxshiroq. Hech qanday muammo yo'q - ertaga u tarkibda bo'ladi. Oramizdagi ziddiyatmi? Bu gap qayerdan chiqqanini tushunmayman, ammo buning umuman ahamiyati yo'q. Shuning uchun hatto bahsga kirishmoqchi ham emasman.

U bilan oramizda "murabbiy - o'yinchi" shaklidagi ishchi munosabatlar mavjud va hammasi ajoyib ketmoqda. Odamlarga xohlagan narsalarini gapirishni taqiqlay olmayman, lekin bu shunchaki bemanilik. Juda afsusdaman va bu ancha g'ashga tegmoqda", - deydi Zidanning so'zlarini Marca nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca