

Braga shahrida kechgan uchrashuv mehmonlarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng portugaliyaliklar o'tkazgan ilk o'yin bo'ldi.
Bellashuv davomida daniyalik muxlislar bir necha bor "Messi! Messi!" deya hayqirishdi. Shuningdek, Daniya terma jamoasi futbolchilari to'pni bir-birlariga oshirgan pallalarda ular joylashgan tribunadan "ole" degan sadolar ham yangrab turdi.



