So’nggi yangiliklar

18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:45Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:2 (матнли трансляция)  12 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  17 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  44

Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi Yangiliklar

Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

So'rovnomada Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, Chexiya, Slovakiya, Latviya, Xitoy va Eron jamoalarida harakat qilgan Aziz Ibragimov ishtirok etdi.

Superliganing may oyidagi eng yaxshi murabbiyi Vadim Abramov bo'ldi. Uning qo'l ostida Samarqandning “Dinamo”si to'rtta o'yindan uchtasida g'alaba qozongan bo'lsa, bir marta durang o'ynadi. "Dinamo" ayni damda O'zbekiston chempionatida 22 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ayni vaqtda samarqandliklar zaxirasida bitta o'yin bor va g'alaba qozongan taqdirda chempionatda peshqadamlik qilayotgan "Nasaf" bilan ochkolarini tenglashtirib olishi mumkin. Respondentlarning 45 %i Abramovga ovoz bergan bo'lsa, ikkinchi o'rin "Paxtakor" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kamoliddin Tojievga nasib etdi (40 %).

Igor Sergeev may oyida Superliganing eng yaxshi futbolchisiga aylandi. "Paxtakor" forvardi allaqachon aprel oyi natijalariga ko'ra eng yaxshi deb topilgandi. Shu tariqa Sergeev ketma-ket ikkinchi oy bu so'rovnomada g'alaba qozondi. 32 yoshli hujumchi may oyida 4 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi, shuningdek, O'zbekiston Superligasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatini ham boshqarib turibdi (11 o'yinda 9 ta gol). Sergeev 40% ovoz to'plagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni OKMK vingeri Xurshid G'iyosov (25%) egalladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика