

Yig'in O'zbekiston terma jamoalari markazining sport zalida o'tkazilmoqda.
Bosh murabbiy ushbu yig'inga jami 25 nafar futzalchini jalb qildi. Ularning 4 nafari darvozabon, 6 nafari himoyachi, 10 nafari qanot o'yinchisi va 5 nafari hujumchi hisoblanadi.
Bugun boshlangan yig'in 12 iyunga qadar davom etadi. Nomzodlar har kuni ikki mahaldan intensiv mashg'ulotlarda ishtirok etadilar. Shuningdek, yig'in davomida O'zbekiston futzal federatsiyasi taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Migel darvozabonlar bilan alohida mashg'ulotlar olib borishi ham rejalashtirilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar:
• Abbos Elmurodov (BMB)
• Abbos O'lmasbekov (BMB)
• Jasurbek Rizbonov (Nasaf)
• Shavkat Ibragimov (Oil Star)
Himoyachilar:
• Mashrab Odilov (BMB)
• Ilhom Hamroev (Oil Star)
• Anasxon Rahmatov (Nasaf)
• Shahzod Sadiev (BMB)
• Shohjahon Shonazarov (Oil Star)
• Fazliddin Botirov (OKMK)
Qanot o'yinchilari:
• Husniddin Nishonov (BMB)
• Samariddin Berkinov (Oil Star)
• Xayrulla Solihov (OKMK)
• Shahram Faxriddinov (OKMK)
• Shohrux Rahmiddinov (Bobur)
• Ahmadjon Jalolov (Guliston)
• Sunnat Jo'raev (Nasaf)
• Asilbek Vafoev (Nasaf)
• Behruz Samiev (Oil Star)
• Abror Axmedzyanov (SQB)
Hujumchilar:
• Davron Choriev (BMB)
• Muzaffar Ahadjonov (BMB)
• Artur Umurov (Oil Star)
• Timur Salimov (Oil Star)
• Ali Rizo Husainov (Dinamo)



