"Napoli" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda, lekin...
17 iyu 00:56
Yangiliklar


"Napoli" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda, lekin...
"Napoli" Jek Grilishga qiziqmoqda, ammo uning maoshini to'liq to'lashga tayyor emas.
The Telegraph malumotlariga ko'ra, Italiya klubi 29 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Biroq "Napoli" Grilishning "Siti"da haftasiga taxminan 300 ming funt olayotgan maoshini to'liq to'lab bera olmaydi. Avvalroq, "Manchester Siti" yarim himoyachi uchun 50 million funt so'ragan, ammo hozircha takliflar kelib tushmagani xabar qilingan edi.
Xabarlarga ko'ra, Grilish boshqa klubga ijara asosida o'ta olishi uchun "Siti" futbolchi maoshini 50% gacha qoplashi kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar