Azizbek Turg'unboev: "Erondan alam oladigan vaqt keldi"
07 sen 20:09
Yangiliklar
Azizbek Turg'unboev: "Erondan alam oladigan vaqt keldi"
"Jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, kayfiyat alo darajada. Oldinda Eronni yutib, alam oladigan vaqt keldi. Muxlislarga ajoyib g'alaba taqdim qilmoqchimiz",- deydi Aziz Turg'unboev.
- O'tgan o'yinda gol urdingiz...
- O'tgan o'yin yaxshi bo'ldi. Mashg'ulotlarda ham gol urishga ko'proq etibor qaratgandik. Maqsadimiz ko'proq gol urib, finalga chiqish edi. Gol urdik, g'alaba bilan barchani tabriklayman.
- "Paxtakor"ga kelganingizda chap qanot himoyachisi sifatida ham harakat qildingiz. Terma jamoada o'ng qanotda o'ynamoqdasiz. Balki Timur Kapadze sizni hujumga qo'yar?
- "Paxtakor"da chapda to'p tepganimni sababi bu qanotdagi futbolchida jarohat bor edi. Menga asosan hujumda yoki yarim himoyada o'ynash qulay.
- Siz uchun qaysi taktika qulay, orqada 3 nafar himoyachi o'ynaganimi yoki 4 nafar?
- Taktikani murabbiy tanlaydi, 4 talik yoki 3 talikda ham o'yinimiz yaxshi chiqmoqda.
- Jaloliddin Masharipov yo'q, terma jamoada kayfiyat uchun kim javobgar?
- Jaloliddin Masharipov mashg'ulotdan tashqarida kelib kayfiyat ko'tarib turibdi. Bu erda Shomurodov, Fayzullaev bor. Hammada kayfiyat alo darajada, finalga tayyormiz.
- Eron bilan oxirgi o'yinlarda ko'p bor durang o'ynamoqdamiz. Ertaga durang bo'lsa, penaltilar seriyasi uchun reja tuzilganmi?
- Albatta, penaltilar seriyasi uchun rejamiz bor. Lekin ularni o'yinda engishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar
Яна урябди...
Туркманистонга
Қирғизистонга
Эронга ҳам...
Ураверсин!
Раҳмат!