Usmon Dembele nima uchun "Barselona"da ko'p jarohat olgan?
07 sen 2025 17:25
Yangiliklar
Usmon Dembele nima uchun "Barselona"da ko'p jarohat olgan?
Usmon Dembele Parij klubida o'z tayyorgarligiga munosabati kataloniyaliklardagidan qay jihatdan farq qilishini aytib o'tdi.
"Men "Barselona"ga kelganimda orqamda bor-yo'g'i bir yarim yillik professional kareram bor edi. Maydonga to'g'ri energiyaga to'la holda chiqardim, shu bilan birga, iqtidorim ham bor edi.
Bir, ikki, uch, to'rt marta jarohat olgach, tanangga etibor berish kerakligini tushunasiz. Yuqori darajadagi futbol faqat iqtidor emas, u mehnat talab qiladi. Shunchaki uyg'onganingizcha maydonga chiqib bo'lmaydi. Har narsa bo'lishi mumkinligini anglaysiz.
Menga ishlash, kuchliroq bo'lish, to'g'ri ovqatlanish va yaxshi uxlash kerakligini tushunganman. Hammasini anglab etganman. Va bugun bu PSJda samara beryapti. Men baxtliman", — deydi Dembele.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar